So’nggi yangiliklar

14:19Тебас: "ЛаЛига ва АПЛ ФИФАни судга бермоқчи"  2 13:46Балотелли: "А Серияни "ёриб" ташлайман"  4 13:13"Барселона" ФИФАдан 6,3 млн. евро олади  2 12:23Антонио Кассано: "Мен ҳеч қачон ичмаганман ва чекмаганман. Фақат битта ёмон одатим бўлган: очкўзлик"  5 12:06"Навбаҳор" собиқ устози: "Тухель Саутгейтдан кўра мосроқ"  3 11:29БАА бош мураббийи: "Ўзбекистонга қарши қийин ўйин кутиб турибди"  15 11:07Биласизми? Ўзбекистон - БАА учрашувини Осиё кубоги финалида 3та пенальти белгилаган ҳакам бошқаради  25 10:41Клоппнинг "Ред Булл"даги ойлиги маълум   0 10:17Лионель Месси Ўзбекистон ёшлари билан кўришди. Муҳаммадали Ўринбоев эса "жек"ни урди   7 10:07"Манчестер Сити" Холандга ўринбосар топди  0 09:35"Арсенал" АПЛнинг икки нафар футболчиси учун 80 миллион фунт сарфлашга тайёр  0 09:03"Барселона" АҚШга кетган собиқ футболчилари учун пул тўлашда давом этади  4 08:31Суперлига. Бугун "Навбаҳор" Самарқандда меҳмон бўлади  10 07:55Ўзбекистон футзал терма жамоаси ЖЧдаги омадсизликлардан сўнг ФИФА рейтингида анча пастга тушиб кетди  16 07:27Про лига. Бугун 20-турнинг қолдирилган баҳси бўлиб ўтади  1

Dunyoda o'zbekning hurmatini oshirgan yigit futbolchilik faoliyatini yakunladi Yangiliklar

Dunyoda o'zbekning hurmatini oshirgan yigit futbolchilik faoliyatini yakunladi

Kecha o'zbek futbolining afsonalaridan biri, ko'plab muxlislarning sevimli futbolchisi bo'lgan Odil Ahmedov futbolchilik faoliyatini yakunlaganligini elon qildi.

Futbolimiz tarixida o'ziga xos iz qoldirgan mohir yarim himoyachi faoliyati davomida ko'plab mahalliy va xorijiy futbol klublarida munosib tarzda to'p surdi. Odil Ahmedov tufayli Rossiyaning “Anji”, “Krasnodar” , Xitoyning “SHanxay SIPG” kabi klublari ko'plab o'zbek muxlislariga ega bo'lishdi. Vatandoshlarimiz yuqoridagi jamoalar ishtirokidagi futbol uchrashuvlari kuzatib borish bilan birga u jamoalarga muxlislik ham qilishdi.

Bugun sizga hikoya qilib beradiganim voqea ham Odil Ahmedov nomi bilan bog'liq.
2018 yil bahorida O'zbekistonning bir nechta futbol klublarida faoliyat olib boradigan matbuot xizmati vakillari Rossiyaning “Krasnodar” futbol klubiga o'zaro tajriba almashish maqsadida xizmat safariga borishgan edi. “Krasnodar” klubining matbuot departamenti O'zbekistonlik hamkasblari uchun o'quv seminari tashkil etib berishgan. O'FA hamda “Krasnodar” futbol klubi hamkorligida tashkil etilgan mazkur seminarda kamina ham ishtirok etgan edim. Biz Krasnodar shahrida bo'lgan davrimizda Rossiyaning eng zamonaviy stadionlaridan biriga tashrif buyurib, “Krasnodar” futbol klubining infratuzilmasi, u erda tashkil qilingan zamonaviy futbol akademiyasi faoliyati bilan tanishganmiz. Asosiysi “Krasnodar” futbol klubida matbuot xizmati qay tarzda faoliyat olib borishi bilan tanishish borasida bevosita futbol uchrashuvi davomida hamkasblarimizning ish jarayonlarini kuzatib borgan edik. Hamkasblarimiz bilan birgalikda “Krasnodar” arenada bo'lib, Rossiya premer ligasidan o'rin olgan “Krasnodar” hamda “Arsenal”(Tula) jamoalari o'rtasidagi o'yinni stadionning media tribunasidan kuzatib borganmiz. Mazkur seminar doirasida Krasnodarlik hamkasblarimiz o'yinga qadar va o'yindan so'ng qay tarzda faoliyat olib borishlarini amalda ko'rsatib berishgan va biz ham mazkur jarayonlarda bevosita ishtirok etgan edik. O'sha paytda “Krasnodar” futbol klubi media departamentida 25 nafar xodim faoliyat olib borishar ekan. “Krasnodar” klubining media departamenti rahbari, Rossiyalik taniqli futbol jurnalisti Olga Gorodjanova bizga matubot xizmatida ish jarayoni qanday yo'lga qo'yilganligi, umuman RPLda matbuot xizmatining o'rni haqida ajoyib tarzda so'zlab bergan.

Bu suhbat jarayonida Gorodjanova alohida Odil Ahmedov haqida ham to'xtalib o'tgan edi. Uning ajoyib futbolchi ekanligi, kamtarligi ,odobi haqida to'lqinlanib gapirib, intervyu berish chog'ida jurnalistlar Odilning o'yinlarini maqtashsa xijolatdan qizarib ketishini eslab yuziga tabassum yugurgan edi.
Bizga malum bo'lishicha O'FA matbuot kotiblariga seminar o'tkazib berish borasidagi taklif bilan Rossiyaning “Zenit”, “Spartak”, “CSKA” kabi nomdor klublari bilan aloqaga chiqqan va barcha klublardan rad javobini olgan. Bulardan farqli o'laroq “Krasnodar” klubidan O'FAga ijobiy javob kelgan ekan. Biz seminar so'nggida Olga Gorodjanovadan “seminar o'tkazib berishga rozi bo'lishingizga nima sabab bo'ldi?” deb so'raganimizda uning javobi quyidagicha bo'ldi.

-“Bilasizmi bizga O'zbekistondan matbuot xizmati vakillariga seminar tashkil qilib berishni so'rab murojaat qilishganida, juda ham vaqtimiz kamligini , jamoamizning o'yinlari taqvimi tig'izligini hisobga olib rad javobini bermoqchi bo'ldik. Biroq bizda o'zbekistonliklarga rad javobini bersak va buni Odil Ahmedov eshitib qolsa xafa bo'lishi mumkin degan o'y paydo bo'ldi. Bizning klubimizga juda ko'p va yuqori saviyadagi legioner futbolchilar kelib ketishgan va bu jarayon davom etmoqda. Lekin Odil Ahmedovdek legioner futbolchi bizga avval ham kelgan emas, bundan keyin ham kelishi qiyin bo'lsa kerak. Odil yuqori saviyadagi futbolchi bo'lish bilan birga ajyoib inson edi. Unda futbolchilik mahorati bilan birga yuqori insoniylik odobi, madaniyati shakllangan. Ahmedov maydon ichida qanchalik hurmatga loyiq bo'lsa, maydondan tashqarisida undan ham yuqori darajada hurmatga loyiq futbolchi. SHaxsan men faoliyatim davomida bunday tarbiyali yigitni uchratmaganman. Odilni klub prezidentidan tortib , stadion qorovuligacha barcha birdek hurmat qilar edi. U o'zini tutishi, muomala madaniyati va chiroyli o'yini bilan Krasnodarda mana shunday hurmatga sozovor bo'lgan. Menda Ahmedov tufayli o'zbeklarga nisbatan hurmat bir necha barobar oshgan. Biz avvalo sizlar bilan Odil Ahmedovning hurmati tufayli uchrashib turipmiz- dedi Olga Gorodjanova.

To'g'risi hamyurtimiz haqidagi bu gaplardan badanlarimiz jimirlab ketgan edi. Bu paytda Odiljon Xitoyning “SHanxay SIPG” klubida to'p surayotgan va biz uning hurmatidan Rossiyada hurmatlanib turganimizdan bexabar edi. Ha Odil Ahmedov futbolchi bo'lish bilan birga o'zbek degan nomni dunyoda ulug'lanishiga sabab bo'ldi. Ishonchim komilki, Odil Ahmedov o'zi to'p surgan boshqa jamolarda ham o'zidan chiroyli xotiralarni qoldirgan. Afsuski bugun mana shunday futbolchimiz faoliyatni yakunladi. Nachora futbolchining faoliyati shunday qisqa bo'ladi. Ana shu qisqa davrda o'z nomini tarix sahifalariga zarhal harflar bilan yozib qoldirish hamma futbolchilarga ham nasib qilmaydi. Odil Ahmedovning nomi o'zbek futboli tarixiga zarhal harflar bilan bitildi desak mubolag'a bo'lmaydi. (Afsus shunday futbolchi JCH armoni bilan faoliyatini yakunladi). Hali Odil Ahmedovning o'zbek futboliga foydasi uzoq yillar tegishiga shubha yo'q.
O'zbek futboli muxlislari seni hech qachon unutmaydilar “maestro”! Oilang baxtiga , futbol muxlislari baxtiga , futbolimiz baxtiga doim omon bo'l Odiljon!



Muallif: Akramjon Mamadaliev

Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика