So’nggi yangiliklar

09:51"Реал" футболчиси Саудияга кетмоқчи, бироқ унга ПСЖ жиддий қизиқмоқда  0 09:23"Манчестер Юнайтед" бош мураббийи клубнинг келажаги бўладиган футболчи ҳақида гапирди  0 08:55ESPN "Реал Мадрид"да Хаби Алонсо ўрнини эгаллаши мумкин бўлган асосий номзодни эълон қилди  1 08:30"Каттақўрғон" катта футбол учун дастлабки қадамларни ташлади  1 08:01Ўзбекистонлик футболчи Косово жамоаси билан шартнома имзолади  3 07:29Ўзбекистон МТЖ аъзоси "Андижон"га ўтишга яқин  9 00:30"Реал" ёзда Пасни "Комо"дан 9 млн еврога сотиб олишга қарор қилди. Нико қайта сотилмайди  0 23:41"Реал" Карвахалга ўринбосар топди  1 23:04Хаби Алонсо "Реал"дан учта юлдузни сотиб олишни сўради  3 22:15“Барселона” ва “Ювентус” “Борнмут” футболчисига қизиқмоқда  0 21:48"Арсенал" ҳимоячиси Салиба: "Мен АПЛни яхши кўраман, лекин асосий мақсадим — Чемпионлар лигаси"  1 21:21Флик Рэшфорд бўйича қарор қабул қилди  3 20:55“Манчестер Юнайтед” “Атлетико” ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 20:24“Манчестер Сити” футболчиси январда клубни тарк этиши мумкин  4 19:54Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?  16

Dragan CHeran: "Yaponiya Osiyo futbolidan o'zib ketgan" Yangiliklar

Dragan CHeran: "Yaponiya Osiyo futbolidan o'zib ketgan"

Jahon chempionatida Osiyo qitasi vakillari barchaning nigohini o'ziga qaratishda davom etadi.

Yaponiya kecha guruh bosqichida musobaqa favoriti sifatida qayd etilgan Germaniyadan ustun keldi. Janubiy Koreya ayni vaqtda Urugvay bilan kuch sinashmoqda. Kechki dasturlardan Braziliya - Serbiya o'yini ham o'rin olgan. Mazkur bellashuvlar yuzasidan Superliganing joriy yilgi to'purari, serbiyalik futbolchi Dragan CHeranning fikrlari bilan qiziqdik. 

- Birinchi tur uchrashuvlari yakuniga etib boryapti. Kuzatgan o'yinlaringizdan qanday taassurotlar qoldi? 

- Musobaqaning ochilish o'yinlari shuni isbotladiki, hozirgi kunda oson jamoa qolmagan. Yomon terma jamoaning o'zi yo'q. CHunki barcha futbol o'ynashni, qanday to'p tepishni o'rganib olgan. 

- Qaysi bahs natijasini kutilmagan sifatida qabul qildingiz?

- Hozircha faqat Argentinaning mag'lubiyati nafaqat men, balki ko'pchilik uchun syurpiriz bo'ldi. 

- Yaponiyaning Germaniyadan uch ochko tortib olishi chindan ham sensaciyami yoki...

- Yapon futbolining oxirgi yillardagi mentaliteti ular Osiyodan o'zib ketganini ko'rsatadi. Saudiya Arabistonida kuchli chempionat bor. Sifatli ijrochilarga ega. Deyarli yarim jamoa birga to'p tepib kelmoqda. U erda haqiqatdan ham futbol rivojlanmoqda. 

- Braziliya - Serbiya uchrashuvida hamyurtlaringizning imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Bizda juda qiyin guruh bor. Favorit - Braziliya. Menimcha, Kamerun va SHvecariya bilan o'yinlarda imkoniyat qidirib ko'rish kerak. Biroq Serbiyada kuchli futbolchilar, tajribali murabbiy jamlangan. Jarangli nomlar bor. Umid qilamanki, Serbiya guruhdan chiqishni uddalaydi. 

- Musobaqa favoriti kim?

- Kim favorit ekanligi guruh bosqichidan keyingina nisbatan aniq bo'lib ulguradi. 


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика