So’nggi yangiliklar

17:53Энтони Гордон: "Ньюкасл" "Барселона"га қарши ўйини билан фахрланиши мумкин"  0 17:35Суперлига. ОКМК - "Бунёдкор". Таркиблар маълум  1 17:19Флик: "Бу икки гол Рэшфордга олдинга қадам ташлашга ёрдам беради"  2 16:50"Ҳоландни Левандовски, Месси ва Роналду каби ҳужумчилар қаторида эканлиги билан табриклайман" — Гвардиола  0 16:23Элит ОЧЛ. 1-тур якунлари  1 15:54Ўзбекистон терма жамоаси собиқ етакчилари афсоналар турнирида қатнашади  1 15:32Нодир Элибоев: "Бизда янги давр бошланмоқда. Тажрибали ўйинчилар ўз ўрнини ёшларга бўшатиб бериши табиий ҳол"  0 15:15Конте: "Манчестер Сити"га қарши 10 киши билан ўйнашнинг иложи йўқ"  5 14:41Эрик Кантона Исроилни ФИФА ва УЕФАдан четлаштиришга чақирмоқда  9 14:14Кристенсен "Барселона"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  0 13:45Роналду паделга 5 миллион евро сармоя киритди  0 13:18"Қайрат"нинг 18 ёшли посбони Касильясни ортда қолдирди  0 12:50Моуринью "Бенфика" қароргоҳига қора Ferrari'да келди  2 12:22Симон Миньоле Чемпионлар Лигаси тарихига кирди  1 11:53Мессининг "Интер Майами"даги келажаги маълум  0

Dragan CHeran: "Yangi tarixni yaratishdan baxtiyormiz" Yangiliklar

Dragan CHeran: "Yangi tarixni yaratishdan baxtiyormiz"

"Paxtakor" OCHL nimchorak finalida "Istiqlol"ni 2:1 hisobida mag'lub etganidan xabaringiz bor.

Oldinroq o'yindan keyingi matbuot anjumanida jamoa yordamchi murabbiyi Piter Xyuistraning aytgan fikrlarini etiboringizga havola etgan edik. Anjumanda Xyuistraga uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi deb topilgan Dragan CHeran hamrohlik qildi. Quyida serbiyalik legionerning fikrlarini o'qishingiz mumkin.

"Biz uch yildan buyon birgamiz va o'ylashimcha bugun yangi tarixni yaratyapmiz. Bundan xursandmiz va baxtiyormiz. Ushbu tarixni ishtirokchisi sifatida, o'zbek futboli uchun ham, "Paxtakor" uchun ham katta hajmdagi ishni bajaryapmiz. O'yinni to'liq nazorat qildik, hisobda ortda qolayotganda ham hujumga o'tdik va tez orada hisobni tenglashtirdik. Etarlicha vaziyatlar yaratdik, bugun kambek qilishda jamoaning birdamligi va xarakterini alohida takidlab o'tgan bo'lardim", - deydi Dragan CHeran.

- Bugun CHeran va Derdiyok o'yindan gol urdi. Bu sizlarga qo'shimcha ishonch beradimi? CHunki Qatarga kelganidan keyin jamoa ko'p gol ura olmayotgandi.

- Bu yaxshi. Men ham, Eren ham gol urdik. Bu erda 4ta turdan buyon gol ura olmayotgandim. SHu bois o'zimizni yanada yaxshi his qilish uchun gol muhim rol o'ynaydi. Ammo bu musobaqa va unda eng muhimi g'alaba, jamoa g'alaba qozonsa kim gol urishining farqi yo'q.



Tolibjon Qosimov

Doha, Qatar



Reyting: +47   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика