So’nggi yangiliklar

07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  6 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  7 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1

Dostonbek Tursunov qachon maydonga qaytishini malum qildi Yangiliklar

Dostonbek Tursunov qachon maydonga qaytishini malum qildi

O'zbekiston terma jamoasi va "CHuncin Lifan" himoyachisi Dostonbek Tursunov o'tgan yilning oktyabr oyida jarohat olgandi.

12 oktyabr kuni Iordaniyaga qarshi xalqaro o'rtoqlik uchrashuvining ikkinchi taymida maydonga noqulay yiqilgan Tursunov zaxiraga olingandi.

Ko'pchilik uning jarohati jiddiy deb taxmin qildi, biroq noyabr oyidagi terma jamoa yig'iniga Srechko Katanec Tursunovni ham chaqirdi. Ammo ilk mashg'ulotdayoq oyog'idagi o'sha jarohat bezovta qilgan va Dostonbek terma jamoa ixtiyorini tark etgan va tibbiy tekshiruvlar natijasiga ko'ra operciya kerakligi aniqlangan.

22 noyabr kuni Italiya poytaxtida joylashgan "Villa Styuart" klinikasida mamlakatning eng mashhur jarrohlaridan biri Per Paolo Mariani Dostonbek Tursunovni muvaffaqiyatli tarzda operaciya qildi. O'sha paytda futbolchi taxminan yarim yilni maydon tashqarisida o'tkazishi aytilgandi.

Biz futbolchimiz bilan bog'landik va uning qachon maydonga qaytishi bilan qiziqdik.




"Ertaga Turkiyaga uchib ketaman va u erda ikki hafta mobaynida tiklanish mashg'ulotlarini o'tkazaman. Maydonga qaytishimga taxminan 1,5 oylar qoldi. Operaciyadan keyin 6,5 oy vaqt ketadi deyishgandi, hozir 5 oy ortda qoldi. Futbolsiz o'tgan har bir kun juda qiyin bo'lmoqda. Xitoyda koronavirus bilan bog'liq muammolar hamon davom etmoqda va chempionat to'xtab qolgan, shu bois hozir keyingi faoliyatim haqida nimadir deya olmayman. Faqat shartnomam 2023 yilning oxirigacha mo'ljallanganini ayta olaman", - dedi Dostonbek Tursunov championat.asia saytiga. 


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика