So’nggi yangiliklar

07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  9 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  6 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  7 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  7 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  2 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4

Doston uzr so'radi Yangiliklar

Doston uzr so'radi

"Neftchi" himoyachisi Doston Tursunov "Nasaf"ga qarshi o'yindagi to'qnashuv bo'yicha do'sti Doniyor Narzullaevdan uzr so'radi.

Kecha Farg'onada Superliganing 1-tur doirasidagi "Neftchi" - "Nasaf" uchrashuvining 11-daqiqasida maydonda jiddiy to'qnashuv yuz berdi. "Neftchi" himoyachisi Doston Tursunov "Nasaf" azosi Doniyor Narzullaev bilan keskin to'qnashib ketdi va natijada Narzullaev hushidan ketgandi. Ammo shifokorlarning tezkor yordami ostida Doniyor Narzullaev tezda o'ziga keldi. Ammo futbolchi jiddiy to'qnashuvdan keyin o'yinni davom ettira olmadi.

SHu xususida biz "Neftchi" himoyachisi Doston Tursunov bilan bog'landik va uning fikrlari bilan qiziqdik.

"O'zim ham kutmagandim. Bu kabi holatlar, to'qnashuvlar futbolda bo'lib turadi. Ammo kechagi vaziyat men bilan bog'liq dastlabki bu kabi qo'rqinchli to'qnashuv bo'ldi. Men keyin tezda Doniyordan uzr so'radim. Hozir ham matbuot orqali ushbu to'qnashuvda Narzullaevga etkazgan jarohatim uchun undan uzr so'rayman. Biz keyin gaplashdik. Uning holati yaxshi. O'zaro suhbatda hazillashishga ham ulgurdik. Doniyor to'g'risi o'sha vaziyatni eslay olmadi. Ammo u ham futbolda bu kabi to'qnashuvlar bo'lib turishini aytdi. Do'stimga sog'liq tilayman. Kechagi to'qnashuv uchun muxlislardan ham uzr so'ramoqchiman. CHunki barcha qandaydir soniyalar ichida tushkun kayfiyatga tushib qoldi. Men o'sha paytdagi holatimni so'z bilan ifodalab berolmayman. Muhimi, Doniyor o'ziga keldi va u bilan barchasi yaxshi", - deydi Doston Tursunov.

"Nasaf"dek kuchli jamoadan ochko olish albatta yoqimli. SHu boisdan ham men kechagi o'yinda biz ochko yo'qotdik, deb aytolmayman. Keyingi o'yinlarda muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz", - dedi Doston Tursunov.


Quyida kechagi vaziyatni tomosha qilish mumkin. 


Reyting: +74   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика