So’nggi yangiliklar

02:50Иброҳим Ибрагимов: "Сўғдиёна"нинг нозик томонларини ўрганиб чиққандик"  2 02:15Францияда ҳам чемпионат старт олди  0 01:57АПЛ старт олди: "Ливерпуль" мавсумни қийин ғалаба билан бошлади  22 01:33Башар Ресан: "Бу ғалабали йўлни "Андижон"га қарши ўйинда ҳам давом эттирмоқчимиз"  3 01:20"Манчестер Сити" ҳимоячиси "Ноттингем"га ўтиши мумкин  0 01:00"Ал Ҳилол" қачон Қаршига келади? "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги тақвими маълум  1 00:49Уго Экитике - АПЛнинг 2025/26 йилги мавсуми илк голи муаллифи!  1 00:32"Байер" Эрик тен Хаг қўл остидаги илк расмий ўйинида йирик ғалаба қайд этди  2 00:06ЛаЛига қайтди! Илк ўйинда Мадрид жамоаси Каталонияда ғалабага эришди  1 23:57Жованни Леони дунёнинг энг яхши ҳимоячиси кимлигини айтди  1 23:40Ханс-Дитер Флик: "Учта соврин - бошланиш ҳолос"  8 22:59Иван Бошкович: "Бугун биз яхши рақибга мағлуб бўлдик, бундан трагедия ясаш керак эмас"  3 22:30"Ливерпуль" 18 ёшли ҳимоячини 35 миллион еврога сотиб олди  0 22:15"Андижон"га қарши ўйин, "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги имконияти, бугунги ҳимоявий ўйин ҳақида - Камолиддин Тожиев иштирокидаги матбуот анжумани  6 21:47"Андижон"нинг халқаро майдондаги ўйинлари тақвими маълум қилинди  20

Doston Tursunov: “Neftchi” yanada kuchli o'yin namoyish etadi” Yangiliklar

Doston Tursunov: “Neftchi” yanada kuchli o'yin namoyish etadi”

Teglar :  NeftchiTursunov
Toshkentda bo'lib o'tgan "Bunyodkor" - "Neftchi" bahsidan so'ng farg'onaliklar himoyachisi Dostonbek Tursunov klub rasmiy sayti uchun intervyu berib o'tdi.

Himoyachi toshkentliklarga qarshi bellashuv borasida gapirar ekan, yaqin kunlarda boshlanadigan ikkinchi davradagi maqsad va vazifalarga ham to'xtalib o'tdi.

– “Bunyodkor”ga qarshi o'yinning birinchi bo'limida yaxshi harakatlandik“,-deb gap boshladi Tursunov.  Afsuski, to'liq o'yin davomida mana shunday bo'lmadi. Xatolar kuzatildi. Gollar raqibni kuchli mahorati yoki bosimi natijasida yuzaga kelmadi, balki o'zimizning  kamchiliklarimiz sababli ketma-ket gol o'tkazib yubordik. Jamoa deyarli yangilangan, shu bois ilk bahsda bir-birimizni tushunish qiyin bo'ldi. Bu vaqtincha holat. Sekin-asta jamoa jipslashib boradi. Umuman olganda o'yin menga yoqdi. Toshkentliklarga etarli muammo tug'dira oldik, bahsni nazorat qildik, ketma-ket xavfli hujumlarni amalga oshirdik. Ochig'i, kamida 3 gol urishimiz mumkin edi. Ammo vaziyatlardan foydalana olmaslik bizga ko'p pand berdi. Bu “Neftchi”ning eng yaxshi o'yini emas. Biz hali chempionat davomida yanada kuchliroq futbol ko'rsatamiz.

“Bunyodkor” jamoasi? Ha, ular haqida fikrim ijobiy hisoblanadi. Lekin bizdan yaqqol kuchli jamoa emas.

Malum vaqtdan so'ng yana “Neftchi”ga qaytdim. Bu jamoa men uchun juda ham qadrdon sanaladi. Ochig'i, Farg'onaga qaytishim oson kechmadi. Vadim Abramov jamoasidan taklif har qanday futbolchi uchun yoqimli tuyulsa kerak. O'zimda ham “Neftchi”dan o'ynash uchun xoxish bor edi. Hozir bizni turnir jadvalida egallab turgan o'rnimiz umuman “Neftchi”ga mos emas. Bu klub haqida barcha yaxshi biladi. Bizni ikkinchi davra kutmoqda. Vaziyatni o'nglash, jamoani 15-o'rindan olib chiqib ketish uchun bor kuchimizni beramiz. Mavsum so'nggiga borib dastlabki oltitatalikda bo'lishni istardik.

Hojiakbar Jabborov suhbatlashdi 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика