"Do'stlik" bosh murabbiyi SHuhrat Qurbonov: "O'zgarishlarsiz futbol bo'lmaydi"
19 apr 2024 21:25
Yangiliklar
"Do'stlik" bosh murabbiyi SHuhrat Qurbonov: "O'zgarishlarsiz futbol bo'lmaydi"
O'yin haqida
- Biz uchun og'ir o'yin bo'ldi. Ozroq tajriba etishmadi. Bu narsa ayniqsa himoyada yaqqol ko'rinib qoldi. Agar tajriba etishmaganini inobatga olmasak, o'yin tomonlama teng harakat qildik. Biz ham vaziyatlar yaratdik, foydalana olmadik.
- Kubok uchrashuvlaridagi 3 ta o'yin jamoa uchun Pro-liga bahslari oldidan repeticiya vazifasini o'tab beradimi?
- Albatta, o'tgan turda "Neftchi"ga qarshi maydonga chiqqandik. Bugun "Metallurg" bilan o'ynadik. Ikkisi ham Superliga klublari. Bu biz uchun katta tajriba bo'layapti.
- Ketma-ket mag'lubiyatlar jamoada nimanidir o'zgartirish lozimligini ko'rsatmayaptimi?
- Ko'rib borayotgan bo'lsangiz, biz mavsum boshidagidan ko'ra o'yin uslubimizni o'zgartirdik. O'zgarishlarsiz futbol bo'lmaydi. Yutsak ham, yutqazsak ham o'zgarishlarni doimiy amalga oshirib borishimiz kerak.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar