So’nggi yangiliklar

01:26Оскар фаолиятини якунлаши мумкин  0 00:54"Бавария" Нойер билан шартномани узайтирмоқчи  0 00:38Камавинганинг ҳолатига бугун баҳо берилади  0 00:13U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон Хорватияга қарши ўйинга тайёргарликни давом эттирмоқда  0 23:57ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан йирик ғалаба, Холанддан дубль ва мавсумдаги 30-гол  1 23:32ЖЧ-2026 саралаши. "Омадсиз"лар дербисидаги биринчи ўйинда дуранг  1 23:07"Ал Айн Кубоги". Эрон Кабо-Вердени пенальтилар сериясида мағлуб қилди ва финалга йўлланма олди  4 22:53Машарипов умумий гуруҳ машғулотларига қайтди  2 22:28Абдулмалик Анваровнинг ҳолати қандай?  4 22:08Фабио Каннаваро: "Имкониятим бўлганда кўпроқ футболчиларни жалб этган бўлардим, аммо ҳозирча 26та футболчини чақира оламиз"  20 21:59"Реал" икки ҳимоячини нишонга олди  1 21:30"Манчестер Юнайтед" Мактоминини қайтармоқчи  2 21:08УЕФАдан яна бир бор Исроилни барча турнирлардан четлатишни талаб қилишди  9 20:51Златан А Серия, АПЛ ва ЛаЛигани солиштирди  1 20:28Пьер-Эмерик Обамеянг: "Бу жуда катта хато бўлганди"  2

Dmitriy CHerishev: "Ispaniya bilan o'yin O'zbekiston olimpiya terma jamoasi foydasiga xizmat qiladi. Ikki yil oldin "Bunyodkor"ga tayinlanishim mumkin edi" Yangiliklar

Dmitriy CHerishev: "Ispaniya bilan o'yin O'zbekiston olimpiya terma jamoasi foydasiga xizmat qiladi. Ikki yil oldin "Bunyodkor"ga tayinlanishim mumkin edi"

Ispaniyada uzoq vaqt o'ynagan va ishlagan rossiyalik murabbiy bilan kichik intervyu.

Bugun O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Ispaniya U-21 bilan o'ynaydi. Ushbu o'yin oldidan Championat.Asia muxbiri Nikolay Egorichev Rossiya va Ispaniya klublarida muvaffaqiyatli o'ynagan sobiq taniqli futbolchi Dmitriy CHerishev bilan suhbatlashdi. CHerishev faoliyatini yakunlaganidan so'ng murabbiy bo'ldi: u "Real" akademiyasida ishladi, "Sevilya"da Unai Emerining yordamchisi bo'ldi, shuningdek bir qator Rossiya klublarini ("Volga", "Mordoviya", "Nijniy Novgorod") boshqardi. Dmitriy hozirda Andorraning "Santa-Koloma" klubida bosh murabbiy bo'lib ishlamoqda.


- Birinchi savol, albatta Andorra haqida. Siz mahalliy "Santa-Koloma" klubida ishlayapsiz va yaqinda UEFA Konferenciyalar ligasining guruh bosqichiga yo'l olishga yaqin keldingiz. Qanday qilib Andorraga borib qoldingiz va mahalliy futbol haqida nimalar deya olasiz?

- Klub xo'jayini SSSRda tug'ilgan va muvaffaqiyatli tarzda xokkey agenti bo'lib ishlayotgan Den Milshteyndir. Unga ispan tilini biladigan murabbiy kerak edi (Andorrada katalon, ispan va francuz tillari tarqalgan - SA eslatmasi). Biz uchrashdik, barchasi tahlil qildik va hamkorlik bo'yicha kelishdik.

Futbolning Andorradagi darajasi haqida bunday deya olaman: jamoamiz evrokubokning saralashida avvaliga Uels klubi, so'ngra CHernogoriyanikidan o'tdi, bu esa ko'p narsadan dalolat beradi. Faqatgina so'nggi bosqichda Niderlandiyaning AZ klubiga imkoniyatni boy berdik. Andorradagi futbol darajasi dastlab ko'ringanidek past emas. Ha, besh-olti yil oldin bu er kamroq rivojlangan, bu davlat esa umuman futbol mamlakati emasdi, ammo hozirda barchasi yomon emas. Yildan-yilga daraja sekin-asta o'smoqda va ko'plab investorlar paydo bo'lmoqda. SHu sababdan ko'plab saralangan futbolchilar yuzaga keldi, chempionatda raqobat oshmoqda – chempionatda ishtirok etadigan o'n klubdan oltitasi titul uchun kurashadi.

- Siz uzoq vaqt davomida Ispaniyada yashagansiz va ishlagansiz. U-21 terma jamoasi haqida nima deya olasiz?

- Katta ehtimol bilan, Ispaniya yoshlar terma jamoasidagi bir necha o'yinchilarni bilaman, ammo afsuski o'yin uchun qaydnomani ko'rmadim va nomlar bo'yicha aniq narsa ayta olmayman. Ammo, aniq aytishim mumkinki, jamoa juda kuchli va u erda allaqachon La Ligada o'z klublari safida o'ynayotgan yigitlar bo'lsa kerak. Ispaniya bilan o'yin O'zbekiston olimpiya terma jamoasi foydasiga xizmat qiladi - top raqib bilan o'ynash imkoniyati va shuningdek ularning fonida o'z darajasini bilib olish mumkin. Ispaniyada futbolchilar deyarli har doim juda tez, to'p bilan harakatlangan holda qarorlarni tezlik bilan chiqarishadi. Bu ularni ko'plab boshqa mamlakat o'yinchilaridan ajratib turadi.

- Sizda O'zbekiston bilan qandaydir tutash kelgan paytlaringiz bo'lganmi? Balki o'zbekistonlik futbolchilar bilan bitta jamoada o'ynagandirsiz yoki ularga qarshi maydonda to'qnash kelgandirsiz?

- O'yinchi sifatida Mirjalol Qosimov bilan to'qnash kelganman. Bir necha bor bir-birimizga qarshi o'ynaganmiz, juda kuchli futbolchi bo'lgan. Ajoyib chap oyoq va u bilan jarimalarni mohirlik bilan ijro etardi! Bilishimcha, Qosimov faoliyatini yakunlagandan so'ng yaxshi murabbiy ham bo'ldi – uning jamoalari deyarli har doim O'zbekiston chempionatida yuqori o'rinlar uchun kurashadi va tez-tez OFK CHempionlar ligasida o'ynaydi.

Hozirgi jamoamda Serxio Rodriges o'ynaydi, u bir yil atrofida "Surxon"da harakat qilgan. U bilan birgalikda o'zbek futbolini kuzatamiz deyish mumkin (kuladi). Bazida YouTube orqali chempionatingizdagi o'yinlar lavhalarini ko'raman va taxminan turnir jadvalida nimalar bo'layotganini bilaman. Masalan, o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra oliy divizionga "Buxoro" va "Turon" chiqishgani, ammo joriy yilda ularning ishlari unchalik yaxshi ketmayotganini bilaman. Yomon tarafdan joriy mavsum meni "Qizilqum" hayron qoldirmoqda, ular o'tgan yilda etarli darajada yuqorida edilar, hozir esa quyi ligaga tushib ketish hududiga yaqin joylashishgan.

Ikki yil oldin O'zbekistonda edim va Yangi yilga Toshkentga borgandim. O'shanda "Bunyodkor"ga tayinlanishim bo'yicha variant bo'lgandi. Boshqa klublar bilan ham muloqotlar bo'lgan, ammo o'xshamagandi. SHunday ekan, mening futboldagi hayotimda O'zbekiston bilan bog'liqliklar ko'p bo'lgan!

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика