Diyor Xolmatov: "Bizni chempion bo'la olmaydi deyayotganlar, barchasiga keyingi turda guvoh bo'lishadi"
04 noy 2023 15:59
Yangiliklar
Diyor Xolmatov: "Bizni chempion bo'la olmaydi deyayotganlar, barchasiga keyingi turda guvoh bo'lishadi"
"Paxtakor" yarim himoyachisi Diyor Xolmatov "Nasaf"ga qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng fikrlarini bildirib o'tdi.
Futbolchi "Ahal" bilan kechadigan OCHL uchrashuvi haqida ham to'xtalib o'tdi.
"O'ylaymanki, munosib o'yin ko'rsata oldik. SHunchaki vaziyatlardan foydalanishimiz kerak edi. Hechqisi yo'q, bu durangni keyingi turda g'alabaga aylantiramiz. Bizni chempion bo'la olmaydi deyayotganlar, barchasiga o'zlari guvoh bo'lishadi. Albatta, so'nggi 2 ta o'yinni uyda o'tkazishimiz qo'shimcha ustunlik beradi. Bu bahslarda chiroyli va haqli g'alabaga erishishimizga ishonaman.
"Ahal" bilan o'yin mehmonda bo'lib o'tadi. Borib, sharoitga moslashishga harakat qilamiz. Suniy maydon bizga muammo tug'dirmasligi kerak", – dedi Diyor Xolmatov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?
Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин
Fikrlar