So’nggi yangiliklar

12:00TVCOM'да бугунги тақвим: АПЛда "Boxing day" даваом этади ва бошқалар  0 11:41Расман: Фежсал Мулич — “Сўғдиёна” футболчиси  2 11:23"Ливерпуль” собиқ футболчиси "Манчестер Юнайтед"га Стерлингни сотиб олишни таклиф қилди  2 10:53Роберт Левандовски футболдаги сўнгги йилларида нималарга эришишни истаётганини айтди  0 10:24АПЛнинг айни вақтдаги энг яхши футболчилар рейтинги тузиб чиқилди  1 09:55"Насаф"нинг икки футболчиси янги мавсумни "Локомотив"да ўтказади  4 09:26"Андижон" жамоаси футболчиси "Нефтчи"га ўтади  3 08:57"Манчестер Юнайтед" "Реал" футболчиси учун 200 миллион евро тўлашга тайёр  3 08:28"Андижон" ОЧЛ 2 турниридан қанча пул ишлаб топди?  5 07:59"Реал" Алонсонинг илтимосини бажармайди  5 07:30"Насаф" етакчиларидан бири жамоадан кетаётганига ишора қилди  9 02:55АПЛ. "Манчестер Юнайтед" ўз майдонида "Ньюкасл"ни қийинчилик билан мағлуб қилди  12 01:30Жон Терри Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  0 00:49"Goal" мавсумнинг биринчи қисми рамзий термасини тузди  5 00:31Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" ғалабага эришди, "Ал Аҳли" мағлуб бўлди  0

Diyor Mirzaboev: “Jamoaning maosh va mukofot pullaridan etarlicha qarzdorligi bor” Yangiliklar

Diyor Mirzaboev: “Jamoaning maosh va mukofot pullaridan etarlicha qarzdorligi bor”

Pro liga 22-turidan o'rin olgan “Aral Samali” – “Yangier-Quruvchi” (0:3) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Diyor Mirzaboev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

O'yin haqida

- Mazkur o'yin oldin jamoamizning 8 nafar asosiy tarkib futbolchimiz turli sabablarga ko'ra, Nukus kelmadi. Natijada, yo'qotishlar o'rnini U-19 jamoadan futbolchilarni jalb qildik. Aslida “Aral Samali” maydonida futbol o'ynash oson kechmagan. Birinchi bo'limda mezbonlarda golli vaziyatlar yuzaga keldi, lekin shogirdlarimga rahmat, o'yinga bo'lgan munosabati sabab gol o'tkazib yubormadik. Mavsumni imkon qadar yoshlarimiz bilan yakunlashni maqsad qilganmiz. 

- Jamoalar birinchi bo'limda tengma-teng o'yin ko'rsatishdi. Ikkinchi bo'limda qizil kartochkadan keyin “Yangier” ancha yaxshi o'yin ko'rsatib, gollar urdi. Raqibni maydonda kam bo'lib qolishi jamoangizga foyda keltirdimi?

- Qizil kartochkaga qadar bizda penalti bo'ldi. Undan ham foydalansak bo'lardi. Qolaversa, biz o'yin kuni ertalab Nukusga etib keldik. Yo'l ham ancha vaqtni oldi. Ikkinchi bo'limda jamoamiz futbolchilari biroz jonlandi. Raqibga nisbatan biroz kuchli ekanligimiz ko'zga tashlandi. 

- “Yangier”da azaldan yaxshi jamoa bo'lgan. Ilgari yuqori ligalarda o'ynagan. Oxirgi vaqtlarda esa jamoa birinchi va Pro liganing doimiy azosiga aylanib qoldi. Bu nima bilan bog'liq?

- Yillar va rahbarlar almashinuviga bog'liq. Rahbar o'z imkoni darajasida jamoa tuzadi. Bu mavsum jamoa oldiga kuchli beshtalikka kirish edi. Vazifa bajarilmaganidan so'ng, jamoa yoshartirildi. Balki kelgusi yilda jamoa o'z oldiga boshqacha vazifa yoki maqsad qo'yishi mumkin. 

- Bugungi kunda klubning moliyaviy ahvoli qanday?

- Viloyat hokimligi tomonidan biroz yordam berib turilibdi. Bilasiz, klub xususiy hisoblanadi. Yashirmayman, jamoaning futbolchilardan etarlicha qarzdorligi bor. Mashg'ulotlar uchun maydon, avtobus, oziq-ovqat tomonidan umuman muammo yo'q. Lekin maosh va mukofot pullaridan qarzdorligi bor. Rahbarimiz bu muammolarni tez orada bartaraf etishga vada bergan.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика