So’nggi yangiliklar

00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  1 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  2 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  2 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  2 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  3 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  1 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3

Diyor Imomxo'jaevdan: Bizda mundialbop jamoa bormi? Yangiliklar

Diyor Imomxo'jaevdan: Bizda mundialbop jamoa bormi?

Savolingizga hali ham aniq javob topa olmagan bo'lsangiz, yordamlashib yuboraman.

Terma jamoada kim qanday ishlashidan qati nazar biz qitaning etakchi jamoalaridan ustun emasmiz. Ulardan ustun bo'lish uchun esa murabbiylarni almashtiraverish kamlik qiladi. Biz ko'p narsani o'zgartirishimiz kerak.

Vadim Abramov ko'pchilikka yoqadigan futbol ko'rsata olgan bo'lsa-da, Eron, Janubiy Koreya, Avstraliya kabi etakchilardan baribir engilgandi. Mana endi Babayan ketma-ket yutib kelayotgandek ko'rinsa-da, baribir forslar yoki koreyaliklarga tishi o'tmadi. Nega? Sizningcha u o'zidan avvalgi mutaxassislarga qaraganda kuchliroqmidi?

Men bu savolga qo'rqmasdan yo'q deb javob beraman. Rauf Inileev ham, Mirjalol Qosimov ham, Vadim Abramov ham Samvel Babayanga qaraganda bir bosh ustunroq. Buni o'yin sifatida ham, tanlanayotgan tarkibda ham ko'rishingiz mumkin. Har safar tengma-teng o'yin ko'rsatgandek bo'lishimizdan nima nam, agar natija biz o'ylaganimizdek bo'lmasa?

Men bugun futbolchilarni ayblash fikridan yiroqman, ular qo'llaridan kelgan barcha ishni amalga oshirdi. Ular o'zlarida bori bilan o'ynay oladi, undan ortig'iga qodir emas. Davron Hoshimovning mehnatkash futbolchi ekani qanchalik rost bo'lsa, koreyalik futbolchilardan shu qadar ortda ekani ham shuncha haqiqat. “So'g'diyona”, “Andijon” kabi klublarga qarshi o'ynab yurgan yigitning saviyasi qanday qilib Seulda Janubiy Koreya bilan o'yin uchun tortsin?

Aytaylik, Marat Bikmaev gol urdi. Unga hech qanday etirozim yo'q. O'zi ishtirok etgan o'yinlarning barchasida qo'lidan kelganicha o'ynamoqda. Biroq jismoniy jihatdan olib qaraganda kuchi 90 daqiqaga etmasligini ko'pchilik biladi. Uning o'rniga tushadigan futbolchi Aleksandr Geynrix esa Bikmaevdan ham keksaroq. Navqiron davrida Moskvada adashib qolgan Sasha, qarigan chog'ida Evropada to'p suradigan futbolchilarni aldab o'tib ketsinmi? Yaman, Suriya, Bahrayn kabi raqiblar hali hech narsa emas. Xitoy hamda Qatarning saviyasiga dosh bera olishimiz uchun bizga olamshumul ishlar joizmasdi. Biroq Janubiy Koreya, Eron kabi termalar umuman boshqa dunyo. Ularni Babayan kabi mutaxassislar bilan yuta olmaymiz.

Iordaniyaga qarshi o'yinda Egor Krimec ikkita jiddiy xatoga yo'l qo'yganini ko'rdingiz. Lobanovdagi ortiqcha vazn haqida gapirmasa ham bo'ladi. Biroq bu narsa ko'k forma va Adidas kurtkasiga ko'proq ishonadigan mutaxassis fikrini o'zgartirmaydi, yana qanday qilib sensacion natija haqida gapirish mumkin?

Gazetaning avvalgi sonlaridan birida savol tashlagandim. Futbolni tag-tugi bilan o'zgartirish va Mundialdan qolib ketish afzalroqmi yoki shunday tempda davom etib, Jahon CHempionatiga chiqishmi? O'zimning xulosam birinchisi ekani haqida ko'p gapirganman, sizdachi, siz qaysi birini ko'proq istaysiz?

Osiyoning 2016 yildagi eng kuchli futbolchilari va klublariga nazar soling. Bizdan kim bor? Odil Ahmedovning o'zi termani qachongacha etaklab yurishi mumkin. SHunday kemtiklarimiz borki, ularni Suriya yoki Qatar ocha olmasligi mumkin, biroq forslar, koreyaliklar bunda katta muammoga duch kelmaydi.

Jamoa boricha kurashmoqda. SHarmanda bo'layotgani yo'q. Ochko olishi kerak bo'lgan o'yinlarda ochko ola bilmoqda. Biroq bu biz kutganidan ortig'i emas. Buni Rustam Mirsodiqov ham, Davron Fayziev ham uddalab bera oladi...


maqolaning to'liq qismini "Erudit Sport" sayti orqali o'qish mumkin.

Reyting: +50   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика