So’nggi yangiliklar

18:06"Портсмут" — "Арсенал". Таркиблар маълум  0 17:36"Барса”, ПСЖ, "Интер”, "Юве”, "Монако" ва "Порту" клублари россиялик футболчига қизиқмоқда  0 16:58Наманган вилояти ҳокими "Навбаҳор" стадионини кўздан кечирди  2 16:01Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади  30 15:42Хулиан Альварес АПЛга қайтиши мумкин  1 14:58"Манчестер Юнайтед”, "Реал" ва "Арсенал" грециялик футболчи учун даъвогар  1 14:10Каору Митома - "Манчестер Юнайтед"нинг трансфер мақсади  1 13:42Ван де Вен "Ливерпул"га ўтишга рози бўлди  3 13:18Суперлига-2026. Мавсумни ким қаерда бошлайди?  4 12:49Бугунги ўйинлар: “Интер” — “Наполи”, “Бавария” уйда, “Милан” сафарда ва бошқалар  1 12:45"Арсенал" Барколя учун курашга қўшилди  1 11:34Абрахам АПЛга қайтиши мумкин  5 10:39"Манчестер Сити" 40 йиллик натижани такрорлади  1 10:04Невилл МЮ учун идеал мураббий ким эканлигини айтди  6 09:28Анвар Раҳимов - "Локомотив" U-21 жамоаси бош мураббийи!  3

Diyor Imomxo'jaev O'zPFL bosh direktori etib tasdiqlandi Yangiliklar

Diyor Imomxo'jaev O'zPFL bosh direktori etib tasdiqlandi

Bugun O'zbekiston Professional futbol ligasi Ijroiya qo'mitasining yangi saylangan tarkibdagi ilk yig'ilishi o'tkazildi.

Unda O'zPFL Ijroiya qo'mitasining jami 9 nafar azosidan 8 nafari ishtirok etdi. Jumladan, tashkilot rahbari Diyor Imomxo'jaev, O'FA vice-prezidenti Odil Ahmedov, O'FAning Ayollar futboli bo'limi boshlig'i Aziza Tatlimuratova, O'zPFL yuriskonsulti Oybekxon Ibrohimxonov, AGMK futbol klubi bosh direktori Bahodir Mirzaev, “Lokomotiv” futbol klubi bosh direktori o'rinbosari To'labek Akramov bevosita qatnashgan bo'lsa, 2 nafar azolar – “Nasaf” futbol klubi bosh direktori Alisher Yusupov hamda “Xorazm” futbol klubi bosh direktori Maqsud Karimov Zoom platformasi orqali ishtirok etishdi. Bir nafar Ijroqo'm azosi “Turon” futbol klubi prezidenti – Olimxon Ahmedov esa ayni paytda xorij safarida ekani bois ovozini alohida taqdim etdi.

O'zPFL Ijroiya qo'mitasi yig'ilishida tashkilot bosh direktori lavozimiga O'FA prezidenti kiritgan taqdimnomaga asosan Diyor Imomxo'jaev nomzodini tasdiqlash masalasi ko'rib chiqildi.

Unga ko'ra, 2020 yilning 25 may kunidan boshlab O'zPFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelayotgan Diyor Imomxo'jaev ortda qolgan muddat davomida amalga oshirgan ishlar inobatga olingan holda O'zbekiston Professional futbol ligasi Ustaviga muvofiq O'FA prezidentining taqdimnomasiga asosan Liganing Ijroiya qo'mitasi azolari tomonidan ovoz berish yo'li orqali lavozimga tasdiqlandi. Ijroiya qo'mitasining barcha azolari ushbu nomzodni tasdiqlash uchun ovoz berishdi va Diyor Imomxo'jaev 4 yil muddatga O'zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori etib tasdiqlandi. 

Reyting: +45   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика