So’nggi yangiliklar

00:50U-20 Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Баҳрайнни ўта йирик ҳисобда таслим қилди  0 00:42Отабек Нарзуллаев: "Бугун айниқса ҳимояда кўп хато қилдик"  2 00:25Вадим Абрамов : "Ғалабадан хурсандман, лекин бундай ўйнаш керак эмас"  1 23:31"Милан" "Брюгге"дан салкам 40 млнлик трансферни амалга оширди  0 23:25Сергей Лушчан: "Тенг кучли жамоалар кураши гувоҳи бўлдик"  2 23:15Расман: Томас Мюллер Канада клуби сафига бориб қўшилди  0 22:50Иван Бошкович: "Асосийси жамоамизда ўйин бор"  1 22:25"Бавария" Emirates билан 7 йиллик шартнома имзолади  0 22:00Суперлига. Дарвозаларга 6 та гол урилган оқшомда "Динамо" камбэк эвазига "Машъал"дан устун келди   29 21:30"Челси" ўз ярим ҳимоячисини таҳминан 30 млн фунтга сотди  0 21:10Суперлига. "Навбаҳор" ўз уйида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади  41 20:49Нуньес "Ал Ҳилол" билан 2028 йилгача шартнома имзолайди. Трансфер суммаси ҳам маълум  3 20:25"Ўзимизнинг "тобуткаш" Кападзега имконият бериш керак" - Миржалол Қосимов МТЖга хорижлик мураббий олиб келиниши ҳақида  33 19:38ПСЖ Сафоновга у асосий дарвозабон бўлмаслигини маълум қилди  3 18:51Исак "Ньюкасл" машғулотларидан четлатилди. Нега?  3

Diyor Imomxo'jaev: "Bazida haykallar tupurib o'tish uchun ham kerak" Yangiliklar

Diyor Imomxo'jaev: "Bazida haykallar tupurib o'tish uchun ham kerak"

Teglar :  Diyor Imomxo'jaev
Hammasi Gollivud kinolaridek bo'ldi. Film so'ngida adolat zafar quchdi.

Eron milliy terma jamoasi biz allaqachon qilishimiz kerak bo'lgan ishga 6,5 yil avval qo'l urib, zamonaviy fikrlaydigan va katta futbol ko'rgan mutaxassisni olib kelgandi. Endi Keyrush jamoasini engish qita etakchilari uchun ham oson ish emas.

Janubiy Koreyada futbol strukturasi qanday ekani haqida barchamiz yaxshi bilamiz. Mamlakat bosh jamoasi ancha kuchsizlanib qolgan bo'lsa-da, toki O'zbekiston kabi jamoalar bor ekan, ular muntazam ravishda JCHga boraveradi. Aytmoqchimanki, ish to'g'ri yo'lga qo'yilishi eng asosiy mezon. Biz esa noto'g'ri yo'ldan yurayotganimizni bilib turib, muvaffaqiyat kutadiganlar xilidanmiz.

Vatanparvarlik borasinda TVdagi chiqishlar, shoirlarning balandparvoz gaplari-yu, shuhratparastlarning shishirilgan fikrlari qancha ko'p bo'lmasin, asl vatanparvarlik ko'rinishlarini biz Suriya misolida ko'rdik. Umid qilamanki, buni o'sha gaplari qilayotgan amallariga to'g'ri kelmaydiganlar ham ko'ra olishdi.

Samvel Babayan milliy terma jamoani qabul qilib olganidan so'ng uning xatolari va qarorlarini eng ko'p tanqid va tahlil qilganlardan bo'ldim. Endi bu ishni davom ettirishdan mani yo'q, men to'xtadim, men mag'lub bo'ldim, mening jamoam yana o'sha-o'sha qolib ketganlar qatorida, bizning muxlislar doimgidek alamini ichiga yutganlar qatorida. CHunki vaziyatni o'nglash hech birimizning qo'limizdan kelmadi, biz ojizmiz, kichik odamlarmiz, katta ishlarga aqlimiz etmaydi.  

Faqat bir gapni aytaman, qadrdonlar, ikki yil davomida ustimizdan kulishdi. Oramizda buni sezmaganlar, his qilmaganlar yoki qo'shilib kulganlar bo'ldi. Ich-ichimdan hafaman. Ko'rishguncha, ko'ngli yarimta do'stlarim...


Reyting: +125   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика