So’nggi yangiliklar

18:20Бундеслига. Бугун "Байер" "Хоффенхайм"ни қабул қилади, "Боруссия Дортмунд" эса "Санкт-Паули" меҳмони бўлади  0 18:00Про лига. "Локомотив" ва "Жайхун" ўзаро куч синашмоқда (онлайн ҳисоб)  0 17:45"Сурхон" - "Насаф". Таркиблар маълум  3 17:40АПЛ. "Манчестер Сити" "Этихад"да "Тоттенхэм"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  21 17:06Испания футболи тарихида илк маротаба эркак ўйинчи туғруқ таътили олиши мумкин  1 16:38Эзе "Арсенал" билан шартнома имзолади  0 16:12"Ал Насср" — "Ал Аҳли". Саудия Арабистони Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  5 15:32Суперлига. "Андижон" тарихда илк бор ўз майдонида 6 та гол ўтказди, рекорд эса МҲСКга тегишли  3 15:17Ўзбекистон кубоги. "Динамо" — "Шўртан" ўйини 27 август куни ўтказилади  0 14:50Гвардиола "Тоттенхэм"га қарши қандай ўйнашни билмайди. Бугун "Ман Сити" "Тоттенхэм"ни меҳмон қилади   2 14:23Ўзбекистон терма жамоасининг "CAFA Nations Cup-2025" учун қайдномаси маълум  28 14:10Тожикистон "CAFA Nations Cup 2025" учун қайдномасини эълон қилди, унда Суперлигада ўйнайдиган футболчилар ҳам бор  2 13:458 та гол урилган "Андижон" — "Пахтакор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 13:19Руминия клубидан 94 очко олиб ташланди  14 12:58Қирғиз Республикаси бош мураббийи: "Ўзбекистон қандай даражада эканлигини ҳамма билади"  3

Diqqat qiling! Birinchi liga yo'lga chiqmoqda! Yangiliklar

Diqqat qiling! Birinchi liga yo'lga chiqmoqda!

Nihoyat bugun mamlakatimizda birinchi liga o'yinlari start oladi.
Xabaringiz bo'lsa kerak, joriy mavsum ham chepionat ikki bosqichdan iborat bo'lib, ishtirokchilar ikki mintaqaga ajratildi. Toshkentning “Istiqlol” jamoasi o'rniga yakunda Samarqandning “SHerdor” jamoasi qatnashishi malum bo'ldi.

“SHarq” mintaqasi ishtirokchisi Farg'onaning “Yozyovon-lochinlari” jamoasi bu yil ligada debyut mavsumini o'tkazadi. Boshqa bu kabi jamoalar yo'q. Hammasi ilgari chempionatda ishtirok etgan. Ha, aytgancha Quvasoyning “Cementchi” jamoasi ham uzoq yillikdan so'ng yana birinchi ligaga qaytganini etirof etish lozim.

O'tgan mavsum debyutant bo'lishiga qaramay ko'pchilikda iliq taassurot qoldirgan Toshkentning “Obod” jamoasi bu yil quraga ko'ra kurashni “G'arb” mintaqasida boshlaydi.

CHempionatda 1-o'rinni egallagan jamoa to'g'ridan-to'g'ri oliy ligaga yo'l oladi. 2-o'rin egasi esa oliy liganing 15-o'rindagi jamoasi bilan pley-off uchrashuvida ishtirok etadi.
Xo'sh, bu yil elita yo'llanmasi uchun kimlarni asosiy davogar deya olamiz. Bizningcha bu borada kurash katta ehtimol “Oq-tepa”, “Obod” va “UzDongJu” jamoalari o'rtasida kechadi. Qolganini mavsum ko'rsatadi.

Xullas bugun chempionat start oladi. Tabiiyki “CA” ham birinchi ligaga har galgidek katta etibor qaratgan holda, chempionatni yoritishni boshlaydi.

“G'arb” mintaqasi
1-tur. 4 aprel (shanba)
Xorazm (Urganch) – Obod (Toshkent)
Hakamlar
: D. Jalimov (Nukus), SH. Qamarov (Samarqand), S. Hakimov (Samarqand)
Nazoratchi: R. Davletmurotov (Toshkent).
 
Orol (Nukus) – Alanga (Koson)
Hakamlar
: E. Tursunov (Buxoro), A. Burov (Buxoro), SH. Rajabov (Buxoro)
Nazoratchi: R. Qoratoev (Toshkent vil.).
 
16:00. Nasaf-2 (Qarshi) – G'ijduvon (G'ijduvon)
Hakamlar:
N. Boltaev (Navoiy), A. Alimov (Urganch), D. Iskanderov (Nukus)
Nazoratchi: M. Ismailov (Toshkent).
 
Lokomotiv-BFK (Toshkent) – Zomin (Zomin)
Hakamlar:
R. Toshmuxamedov (Toshkent vil.), N. Anfinogenov (Toshkent), S. Nishonboev (Toshkent)
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).
 
Mashal-2 (Muborak) – SHerdor (Samarqand)
Hakamlar
: Z. Qodirov (Navoiy), X. Otamurotov (Urganch), D. Jumaniyozov (Urganch)
Nazoratchi: A. Tambovcev (Toshkent).
 

SHarq mintaqasi
1-tur. 4 aprel(shanba)
16:00. CHust-Paxtakor (CHust) – UzDongJu (Andijon)
Hakamlar:
A. Mo'minov (Toshkent vil.), I. Abdulaqov (Toshkent vil.), I. Zoitov (Toshkent vil.)
Nazoratchi: S. Zaylobidinov (Farg'ona).
 
Kosonsoy (Kosonsoy) – Xotira-79 (Uychi)
Hakamlar:
T. To'xtasinov (Andijon), A. O'rinov (Farg'ona), SH. Azamov (Farg'ona)
Nazoratchi: E. Oripov (Farg'ona).
 
Paxtakor-2 (Toshkent) – Ok-tepa (Toshkent)
Hakamlar:
O. Tuychiboev (Toshkent), SH. Fayziev (Jizzax), Q. Abduraimov (Jizzax)
Nazoratchi: B. Tog'aev (Toshkent).
 
5 aprel (yakshanba)
Cementchi (Kuvasoy) – Yozyovon-Lochinlari (Yozyovon)
Hakamlar
: V. Agishev (Toshkent), B. Bahromov (Toshkent), S. Eremeev (Toshkent)
Nazoratchi: I. Nexochin (Namangan).
 
NBU-Osiyo (Toshkent) – Bunyodkor-2 (Toshkent)
Hakamlar:
V. Serazetdinov (Toshkent), F. Yormuhamedov (Toshkent), S. Karimov (Toshkent)
Nazoratchi: O. Dachev (Toshkent).
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика