Dinamoning Turkiyadagi yig'in doirasidagi raqiblari malum
05 fev 2022 16:37
Yangiliklar
Dinamoning Turkiyadagi yig'in doirasidagi raqiblari malum
Serbiyalik bosh murabbiy Predrag Rogan qo'l ostidagi «Dinamo» jamoasi 4 fevral kunidan Side shaharchasida o'quv-mashg'ulot yig'iniga kirishdi. Jamoa kuniga 2-3 mahaldan mashg'ulotlar o'tkazmoqda. Uch haftalik yig'in doirasida Samarqand jamoasi 5ta nazorat bahsida maydonga tushadigan bo'ldi.
Xorijdagi yig'in rejasiga binoan, «Dinamo» ilk uchrashuvini 6 fevral kuni Ukrainaning «Levyy bereg» klubiga qarshi o'tkazsa, 10 fevralda Ruminiyaning «CHiksereda» (Csíkszereda Miercurea Ciuc) jamoasi bilan to'qnash keladi.
«Dinamochilar» 14 fevral kuni «Abdish Ota» (Qirg'iziston), 18 fevral «Garedji» (Gruziya), 23 fevral kuni esa Ukrainaning «Obolon» klubiga qarshi maydonga tushadi.
«Dinamo»ning Turkiyadagi o'rtoqlik uchrashuvlari ro'yxati:
6 fevral (yakshanba)
«Dinamo» - «Levyy bereg» (Ukraina)
10 fevral (payshanba)
«Dinamo» - «CHiksereda» (Ruminiya)
14 fevral (dushanba)
«Dinamo» - «Abdish Ota» (Qirg'iziston)
18 fevral (juma)
«Dinamo» - «Garedji» (Gruziya)
23 fevral (chorshanba)
«Dinamo» - «Obolon» (Ukraina).
Malumot uchun, «Dinamo» jamoasi 24 fevral kuni Turkiyadan O'zbekistonga qaytadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar