So’nggi yangiliklar

23:00Томас Парти Испанияга қайтмоқда — Here We Go!  1 22:54"Тоттенхэм" "Ал Ҳилол" ҳужумчисини сотиб олиши мумкин  0 22:33"Боруссия" электромобил ишлаб чиқарувчиси билан ҳамкорлик қилади  0 22:05Суперлига. ОКМК Санчеснинг дубли эвазига "Пахтакор" майдонида ғалаба қозонди  68 21:36"Боруссия" АПЛдан 25 млн еврога ўйинчи сотиб олиши мумкин  0 21:08Жек Грилиш "Эвертон"га ўтиши мумкин  0 20:37"Реал Мадрид" Родриго бўйича бирорта клубдан таклиф олмагани маълум бўлди  4 19:51"Эспаньол" Лукас Васкесни таркибга қўшиб олмоқчи  0 19:22МЮ "Лейпциг"га Шешко учун катта сумма таклиф қилди  2 18:49Суперлига. "Пахтакор" – ОКМК. Таркиблар маълум  6 18:36"Ювентус" Тоналини харид қилмоқчи  1 18:09ФИФА собиқ ҳаками вафот этди  1 17:46Диёра Ҳабибуллаева – "Севинч" аъзоси!  0 17:30Суперлига. 17-тур дисквалификациялари: "Динамо", "Сўғдиёна" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  0 17:13МЮ "Реал" футболчиси учун йирик таклиф билан чиқмоқчи  7

Dinamo – Xo'jand: Do'stlik g'alaba qozongan o'yin FOTO Yangiliklar

Dinamo – Xo'jand: Do'stlik g'alaba qozongan o'yin FOTO

Teglar :  DinamoXo'jand
Samarqandda katta futbol bayrami o'tkazildi. “Dinamo” jamoasi Tojikistonning “Xo'jand” klubiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.

O'zbekiston va Tojikiston Respublikalari o'rtasidagi do'stlik aloqalarini yanada mustahkamlash, ikki davlat o'rtasida iqtisodiy-ijtimoiy sohalarda hamkorlikni rivojlantirish, ikki davlat prezidentlarining bir qator qaror va kelishuvlarning amaliy davomi sifatida Samarqand va Tojikistonning Sug'd viloyati hokimiyatlarining hamkorlik va o'zaro kelishuvlariga muvofiq, Samarqandda 20-21 aprel kunlari ikki viloyat o'rtasida biznes-forum, sanoat mahsulotlari ko'rgazmasi, madaniy dastur va futbol jamoalari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazildi.

“Dinamo” – “Xo'jand” uchrashuvidan oldin stadionda keng ko'lamdagi obodonlashtirish ishlari olib borilib, yangi zamonaviy raqamli tablo o'rnatildi, yoritgichlar, o'rindiqlar yangilandi. O'yin boshlanishiga ikki soat qolganida “Dinamo” stadioni tomoshabinlar bilan liq to'lib, minglab muxlislar o'yingoh tashqarisida qolib ketishdi. O'yinga qo'shni Tojikistondan ham katta delegaciya etib kelgan edi, stadionda ikki davlat bayroqlari hilpirab turdi.

O'yindan oldin har ikki davlat madhiyalari yangragach, Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jo'raev va Sug'd viloyati hokimi Rajabboy Ahmadzoda rasmiy tarzda to'pni o'yinga kiritib berishdi.

Ajoyib futbol atmosferasida boshlangan uchrashuvda dastlab mehmonlar ikki to'p kiritgan bo'lishsa, mezbonlar ikkinchi bo'limda muvozanatni tiklashdi. Ikki mamlakat, xususan ikki viloyatning katta tadbirlari davomida bayramona bayramona o'tgan bahsda do'stlik g'alaba qozondi – 2:2.

O'rtoqlik uchrashuvi.

20 aprel (juma)

“DINAMO” – “XO'JAND” – 2:2

Samarqand, 13 250 tomoshabin.

Gollar: 
Temur Ablyamitov 40, Damir Temirov 65 (pen.) - Farxod Toxirov 15, Xojiboy Ziyoev 35.

«Dinamo»: Rustam Toshturdiev, Hakimxon Alamxonov, Humoyun Tolibov, Azizbek Suyunov, Daler Almosjonov, Damir Temirov, Otabek Rajabov, Damir Jabborov, Temur Ablyametov, Asadbek Tolibov, Mexroj Xudoyberdiev.

«Xo'jand»: Aleksey Matrosov, Sohib Hakimov, Firdavs CHakalov, Meroj SHarifzoda, Xurshed Beknazarov, Abdusamad Xo'jaboev, Furqat Hasanboev, Dilshod Karimov, Damir Azimov, Dilshod Bozorov, Farxod Toxirov.
Zaxirdan maydonga tushganlar: Dilshod Dodaboev, Baxtiyor CHoriev, Manuchexr Axmedov, Xojiboy Ziyoev, Jahongir Ergashev.


Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика