So’nggi yangiliklar

12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  1 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали рақамдан иборат жаримага тортилди  2 11:19U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум  11 10:57"Реал" ва Испания терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини Гонконг чемпионатида давом эттиради  0 10:30Португалия футболи юлдузлари "Шон-шараф" залига киритилди  1 10:04МЮнинг яна бир футболчи фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  1 09:38Опта ЕЧЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 09:10Холанд Молдовага урилган голлар учун дарвозабондан узр сўраган  5 08:43"Ал Иттиҳод" 20 ёшли сербиялик футболчига 21 миллион евро тўлади  3 08:16Суперлига. Бугун Қашқадарё дербиси бўлиб ўтади  0 07:44Криштиану Роналду яна бир совринга эга чиқди  8 01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0 23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  6

Dinamo Xo'jand bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish uchun Tojikistonga jo'nab ketdi Yangiliklar

Dinamo Xo'jand bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish uchun Tojikistonga jo'nab ketdi

Teglar :  DinamoXo'jand
Xabaringiz bor, O'zbekiston va Tojikiston davlatlari o'rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash va barcha sohalarda hamkorlikni rivojlantirish borasida ikki tomonlama keng qamrovli ishlar olib borilmoqda.

Xususan, prezidentimiz SHavkat Mirziyoevning mart oyida Dushanbedagi tashriflari doirasida ikki davlat hukumatlari o'rtasida tuzilgan kelishuvlarga muvofiq, Samarqand va Tojikistonning So'g'd viloyati o'rtasidagi yirik biznes forumi va tadbirlar doirasida aprel oyida Samarqandda “Dinamo” – “Xo'jand” (2:2) o'yini ham o'tkazilgandi.

Avgust oyida esa Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning Toshkentdagi rasmiy davlat tashrifi chog'ida hukumatlar o'rtasida imzolangan bitimlar, xususan Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov va Tojikistonning So'g'd viloyati hokimi Rajabboy Ahmadzoda o'rtasida imzolangan kelishuvga muvofiq, 7-9 sentyabr kunlari So'g'd viloyati markazi Xo'jand shahrida So'g'd va Samarqand viloyatlari o'rtasida yirik biznes forumi, samarqandlik tadbirkorlar mahsulotlari ko'rgazmasi, ikki davlat sanatkorlari ishtirokida koncert dasturi va futbol uchrashuvi tashkil etiladi. SHuningdek, Samarqand delegaciyasi 9 sentyabr kuni – Tojikiston Mustaqilligining 27 yillik bayram tadbirlarida ishtirok etadi.

“Dinamo” jamoasi Samarqand viloyati delegatciya bilan birga bugun ertalab Tojikistonga jo'nab ketdi.

“Xo'jand” va “Dinamo” o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi 7 sentyabr, soat 17:00da Xo'janddagi markaziy stadionda boshlanadi. Uchrashuvda Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov va Tojikistonning So'g'd viloyati hokimi Rajabboy Ahmadzodalar ishtirok etib, o'yinni rasman boshlab berishlari kutilmoqda.

O'rtoqlik uchrashuvi.
7 sentyabr (juma)
Bosh hakam: Xurshed Dadaboev (Xo'jand)
«XO'JAND» (Tojikiston) – «DINAMO» (O'zbekiston)
O'yin boshlanish vaqti:
17:00.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика