So’nggi yangiliklar

15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  0 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  3 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  1 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  3 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  5 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   5 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  4 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  12 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  19

"Dinamo" Qozog'iston klubi bilan durang o'ynadi Yangiliklar

"Dinamo" Qozog'iston klubi bilan durang o'ynadi

Toshkentdagi dastlabki yig'inning so'nggi nazorat uchrashuvida “Dinamo” jamoasi poytaxtimizda tayyorgarlik ko'rayotgan Qozog'istonning “Qayrat” klubi yoshlar jamoasiga qarshi to'p surishdi.

Ushbu bahsda “Dinamo” murabbiylar shtabi ikki tarkibni sinovdan o'tkazgan bo'lsa, Olma-Otaning “Qayrat” klubi bosh murabbiyi Aleksandr SHackix deyarli asosiy tarkib bilan to'p surdi.

Nazorat bahsining dastlabki daqiqalaridan “Dinamo” hujum chizig'ida murabbiylar ko'rikida bo'lgan yangi futbolchilar – “Nasaf”dan taklif etilgan yosh futbolchi Mirza Joniqulov, toshkentlik yosh yarimhimoyachi Aram Markaryan va tajribali hujumchi Muydin Mamazulunovlar to'p surishdi.

Ikkinchi bo'limning 54-daqiqasida yarimhimoyachi Jasur Azimov hisobni ochgan bo'lsa, 75-daqiqada qozog'istonliklar futbolchisi Rashid Lyuxay muvozanatni tikladi, 1:1.

Qayd etish joiz, murabbiylarimiz har ikki bo'limda ikki xil tarkibni maydonga tushirishdi. “Dinamo” 5 mart kuni Toshkentdagi dastlabki yig'inni yakunlab, 6 mart kuni Samarqandda tibbiy ko'rikdan o'tadi. Navbatdagi yig'in ham 9 mart kunidan poytaxtimizda tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Nazorat uchrashuvi. Toshkent.

4 mart (yakshanba)

«DINAMO» - «QAYRAT» (Qozog'iston) - 1:1

Gollar:
Jasur Azimov 54 – Rashid Lyuxay 75.

«Dinamo»: SHohruh Eshbo'taev, Mirkomil Lokaev, Viktor Grigorev, Hakimxon Alamxonov, Aziz Suyunov, Akmal Bozorov, Jasur Azimov, Ilhom Yunusov, Mirza Joniqulov, Aram Markaryan, Muydin Mamazunuov.

«Dinamo» (2-bo'lim): Rustam Toshturdiev, Bunyod Isroilov, Firdavs Abdusalimov, Abdullo Abdulloev, Temur Fayzullaev, Komil SHarofutdinov, Damir Temirov, Jasur Qurbonov, Elbek Otaqulov, Farrux SHotursunov, Maradon Safarov.

Eslatib o'tamiz, “Dinamo” Pro-Liga 1-turi doirasida 25 mart kuni G'uzorda “SHo'rtan” jamoasi mehmoni bo'ladi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика