So’nggi yangiliklar

15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  0 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  2 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  3 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  4 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  5 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   7 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0

“Dinamo” – “Neftchi”. Farg'onaliklarning g'alabali yurishi davom etadimi? Yangiliklar

“Dinamo” – “Neftchi”. Farg'onaliklarning g'alabali yurishi davom etadimi?

“Ruxsor” radiosining “Futbol kundaligi” loyihasida “Dinamo” – “Neftchi” haqida.

Andrey Fyodorov boshchiligidagi “Neftchi” jamoasi ayni paytda ko'hna Samarqandda bo'lib turibdi. Farg'onaliklarning bu turdagi raqibi Bahrom Hakimov murabbiyligidagi “Dinamo” jamoasi. Fyodorovning jamoa postiga kelishi omadli kechmoqda. Murabbiy boshchiligida “Neftchi” safarda “So'g'diyona”ni yutdi, Farg'onada “Bunyodkor” taslim etildi. Umumiy qilib aytganda, ikkinchi davraning o'rtalariga kelib Farg'ona klubi o'ziga kelyapti. Yaxshi bilasiz, “Dinamo”ning amaldagi ustozi Bahrom Hakimov asli Farg'ona viloyati farzandi hisoblanadi.

Xullas, o'ziga xos to'qnashuv. Birinchi davrada “Dinamo” “Istiqlol” arenada “Neftchi”ga mag'lub bo'lgandi. Ammo o'sha bahsda samarqandliklar o'zlarini yaxshi taraflama ko'rsatgandi. Moziyga nazar tashlashda davom etamiz, “Neftchi” so'nggi marta Samarqand sharhiga Murod Ismoilov ustozligida safar qilgandi va bu yurish nursiz yakunlangandi. 2014 yilgi “Dinamo” – “Neftchi” raqobatida hisob ochilmagandi. “Dinamo” Samarqandda yaxshi o'ynaydi. So'nggi paytlarda, Hakimov boshchiligida Samarqand klubining o'yinida ijobiylik ko'rinmoqda. “Dinamo” hali hamon xavfli zonada. Mazkur jamoaga ochko juda zarur. “Neftchi”da vaziyat yomon emas. Ketma-ket muhim g'alabalardan so'ng jamoaning o'ziga bo'lgan ishonchi ortmoqda. Tahminlarga qaraganda, bugungi bahsda durang qayd etiladi. Bilmadik. Maydon takis, er yumaloq. Samarqandagi o'yin bugun bo'lib o'tadi. “Neftchi” OCHLga chiqish uchun qattiq kurashmoqda. Bu borada farg'onaliklarning imkonyati yomon emas.

Samarqanddagi o'yindan so'ng “Neftchi”ni “Paxtakor” va “Nasaf”ga qarshi kiyin bahslar kutyapti. Qandaydir manoda, “Neftchi” uchun mavsumning hal qiluvchi vaqti keldi. Hammasini vaqt ko'rsatadi.  Farg'ona klubi muxlislari o'z jamoalaridan faqat bitta narsa kutishmoqda: OCHL yo'llanmasi! Bu borada “Bunyodkor” “Neftchi”ga asosiy raqib bo'lyapti. “Bunyodkor” bir tekisda, mag'lubiyatlarsiz mavsumni tugatib olsa OCHL naqd, “Neftchi” esa “Paxtakor” va “Nasaf” to'sig'idan o'tishi kerak bo'ladi. Vaqt – oliy hakam. Buyog'ining ko'raylikchi, kim keyingi yili OCHLda o'ynarkin...?

Hojiakbar Jabborov

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика