So’nggi yangiliklar

23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  0 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  2 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  5 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  9 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  12 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0 19:42"Арсенал" мавсум охирида Артета билан хайрлашади!  7 19:15УЕФА тўхталишлар сони кўпайиши туфайли ВАР ваколатларини кенгайтирмоқчи эмас  1 18:49Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" "Милан"дан устун келди  6 18:10"Ман Сити" "Галатасарой" қизиқаётган Эдерсонни сотмоқчи эмас  0

"Dinamo" "Nasaf" bilan Qarshida durang o'ynadi Yangiliklar

"Dinamo" "Nasaf" bilan Qarshida durang o'ynadi

Teglar :  NasafDinamo
“Dinamo” bugun Qarshida Superliganing yana bir vakili “Nasaf”ga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.

Qarshida o'tgan o'yinda ham “Nasaf” bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev singari “Dinamo” bosh murabbiyi Davron Fayziev ham bir qator futbolchilarga imkoniyat berib, sinovdan o'tkazdi.

Xususan, “Dinamo” jamoasi bir kun avval Navoiyda “Qizilqum” (2:3) bilan o'yin o'tkazgani bois, Qarshida ikki bo'limda ikki xil tarkib bilan maydonga tushdi.

Uchrashuv davomida har ikki jamoa ham hisobni ochish uchun imkoniyatlarga ega bo'ldi, ammo tabloda hisob ochilmadi va o'yin durang 0:0 hisobida yakunlandi.

Ushbu bahs bilan “Dinamo” jamoasining yangi mavsum oldi rejalashtirgan 3-yig'ini ham yakunlandi. Samarqand klubi 5 fevral kunidan Toshkentda yakuniy o'quv-mashg'ulot yig'inini boshlaydi.

Nazorat uchrashuvi.
Qarshi. 2 fevral (shanba)

«NASAF» – «DINAMO» - 0:0

“Nasaf
”: 1.Umid Ergashev, 3.Ilhomjon Alijonov, 7.Odiljon Hamrobekov, 9.Xumoyun Murtazoev, 14.SHarof Muhitdinov, 15.Dilshod Saitov, 18.Bobir Davlatov, 27.Islom Rashidxonov, 38.Akmal Mozgovoy, 49.Oybek Bozorov, 92.Umarbek Eshmurodov (s).
Ikkinchi bo'limda maydonga tushganlar: 12.Mashhurjon Muhammadjonov, Islom Kenjaboev, Bobir Abduxoliqov, Dilshod Xushbakov, Otabek Komiljonov, Sardor Sadullaev, Xudoyorxon Sagdullaev.

“Dinamo”: 27.SHohruh Raimov, 17. Otabek Narzullaev, 6. Akmal Xolmurodov, 4. Hakimxon Alamxonov, 21. Avaz Agaliev, 70. Dilmurod Karimov, 90. Obid Hakimov, 41. Bobur Qosimov, 20. Amirjon Safarov, 19. Sanjar Baratov, 50. Vohid SHodiev.
Ikkinchi bo'limda maydonga tushganlar: 1. SHohruh Eshbo'taev, 23. Komil SHarofutdinov, 2. Mirkomil Lokaev, 10. Temur SHaripov, 11. Jasur Ashurov, 26. Dalerjon Almosjonov, 18. SHerzod Jalilov.


Foto: FK "Nasaf"

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика