"Dinamo": Muhim va chiroyli g'alaba
23 mar 2014 20:18
Yangiliklar


"Dinamo": Muhim va chiroyli g'alaba
Ochilish uchrashuvi oldidan koncert dasturi va sportchilarning ko'rgazmali chiqishlari o'tkazildi.
Uchrashuvdan oldin va o'yin vaqtda yomg'ir va qor yog'ishiga qaramay shu kuni Dinamo stadionida minglab muxlislar jamoani qo'llab-quvvatlashdan to'xtashmadi. SHunga javoban jamoa ham dastlabki daqiqalardan hujumkor o'yin namoyish etdi. Natijada uchrashuvning birinchi bo'limi so'nggi daqiqasida Sanat SHixov jarima zarbasini mohirona ijro etib hisobni ochdi, 1:0.
Ikkinchi bo'limda ham vakillarimiz hujumkorlikni to'xtatmay, raqibdan ustunlik qilishdi. Uchrashuvning 55-daqiqasida Alisher Samatov va Sanat SHixovning ajoyib kombinaciyasidan so'ng, Fulom Urunov jamoaning ishonchli g'alabasini taminladi, 2:0.
Oliy liga. 2-tur. 23 mart (shanba)
DINAMO – METALLURG - 2:0 (0:0)
Samarqand, 2612 tomoshabin.
Hakamlar: Rustam Bobomurodov, Ruslan Samandarov, Obid Jumaev (Navoiy), Viloyat Najafaliev (Toshkent).
Nazoratchi: D.Roman (Toshkent)
Gollar: Sanat SHixov (45+1), G'.O'runov (55)
Dinamo: 27. Andrey Melnichuk, 4. Asror Aliqulov, 5. Ildar Mamatkazin, 7. Sanat SHixov, 8. G'ulom Urunov, 10. Zayniddin Tojiev (17.Abdullo Nabiev, 73), 16. Akmal Xolmurodov (Komil SHarofutdinov, 65), 17. Sirojiddin Sayfiev (Akmal Bozorov, 79), 21. Azamat Bobojonov, 22. Alisher Samatov, 55. Avaz Agaliev.
Metallurg: 1. Mamur Ikromov, 4. Hikmat Hoshimov, 6. Dilmurod Karimov, 7. Doniyor Odilov, 8. Sunnatilla Mamadaliev (77.Sardor Soibov, 69), 9. SHahzodbek Nurmatov, 10. SHoxnazar Norbekov (21. Sardor Rasulov, 76), 11. SHuhrat Yo'ldoshev, 14. Davronbek Karimqulov, 15.Alisher Ziyavuddinov, 22. Murodjon Toshmatov.
Ogohlantirishlar: Doniyor Odilov (48).

Fikrlar