So’nggi yangiliklar

12:19"Ал Ҳиол" "Ливерпуль" ҳужумчиси бўйича келишувга эришди  0 11:49Мураббий илк бор ҳакамларни тайинлаш қўмитасига киритилди   1 11:32"Реал" тарбияланувчиси энди асосий жамоа билан шуғулланади ва 9-рақамни олади  1 10:42Рахим Стерлинг фаолиятини бошқа бир Лондон клубида давом эттириши мумкин  1 10:10АПЛнинг 4 та клуби ПСЖ ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  1 09:37Зидан келаси йил мураббийликка қайтади  5 09:06Шукрон Йўлдошев: “Жамоамизни муҳим баҳс кутиб турибди”  1 08:35Сон МЛС тарихидаги энг қиммат трансферга айланади  0 08:04Португалия футболи афсонаси 53 ёшида юрак хуружидан вафот этди  1 07:37Суперлига. "Пахтакор" — ОКМК 1:2. Фламарионнинг голи ҳисобга олинмади  5 07:28Суперлига. Бугун 17-тур давом эттирилади  5 01:50U21 биринчилиги. Пешқадам "Навбаҳор"дан кичик, "Андижон"дан 7:2 ҳисобидаги ғалаба ва бошқа натижалар  4 01:30Заид Таҳсин: "ОКМКдан устун эдик. "Пахтакор" аъзоси бўлиш шараф"  3 01:13Миржалол Қосимов: "Ҳакам яна бироз вақт қўшиб берганида уч тайм футбол ўйнаган бўлардик. Русчасига айтганда "заслужили""  12 00:30"Тоттенхэм" "Ал Ҳилол" ҳужумчисини сотиб олиши мумкин  0

"Dinamo": "Buxoro"ga yutqazdik, ertaga "Obod" bilan o'ynaymiz Yangiliklar

"Dinamo": "Buxoro"ga yutqazdik, ertaga "Obod" bilan o'ynaymiz

Teglar :  DinamoBuxoro
Toshkentda yig'in o'tkazayotgan Dinamo jamoasi navbatdagi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

Bu safargi raqib Ulug'bek Baqoev boshchiligidagi Buxoro klubi bo'ldi.

O'rtoqlik uchrashuvida Ilhom SHaripov singari, Ulug'bek Baqoev ham bir qator futbolchilarni sinovdan o'tkazdi. Har ikki bo'limda turli xil tarkiblar ko'rikdan o'tkazildi.

Jamoamizning birinchi bo'limdagi tarkibi o'yin davomida yaxshi harakat qilib, dastlabki taymni o'z foydasiga hal qildi. Navbahor va Andijon safidagi o'yinlari orqali tanilgan, kuni kecha Dinamo safiga kelib qo'shilgan tezkor hujumchi Abdumalik Abdullaev hisobni ochdi, 1:0.

Ikkinchi bo'limda murabbiylar bir qator o'zgarishlarni amalga oshirib, deyarli boshqa tarkibni maydonga tushirishdi. Bu o'zgarishlar Buxoro jamoasi foydasiga ishladi. Hozirda Buxoro safida bo'lgan Dinamo jamoasining sobiq futbolchilari Ivan Nagaev va Sanat SHixov ikkinchi bo'limda bittadan gol urib, yakuniy hisobni o'rnatishdi, 1:2.

O'rtoqlik uchrashuvi. Toshkent.

6 fevral (dushanba)

DINAMO - BUXORO - 1:2 (1:0)

Gollar
: Abdumalik Abdullaev (1-bo'lim) - Ivan Nagaev, Sanat SHixov (2-bo'lim.)

Dinamo: Mixail Naumov, Hakimxon Alamxonov, Bunyod Isroilov, Mirkomil Lokaev, Firdavs Abdusalimov, Akmal Bozorov, Iskandar Xolmirzaev, Nuriddin Hasanov, Jasur Azimov, Amirjon Safarov, Abdumalik Abdullaev.

Ikkinchi bo'limdan maydonga tushganlar: Rustam Toshturdiev, SHuhrat Murodov, Rasulov, Laziz Nuriddinov, Nurbek Safarov, Temur Fayzullaev, Timur Ergashev, Islom SHaripov.

Buxoro: Erkin Jabborov, Aleksandr Kleckov, Mirjamol Qurbonov, Timur Kagirov, Bobir Amonov, Suhrob Nematov, Robbim Hasanov, Nozim Umurov, Sanat SHixov, Zohir Pirimov, Ivan Nagaev.

Ikkinchi bo'limdan maydonga tushganlar: Muhiddin Xudoyorov, Xurshid Olimov, Islom Xoliqov, Orif SHamsiddinov, Baxrom Narzullaev, Mirjamol Jumaev, Ergash Ismoilov, Mirfayz Muxiddinov.

Dinamo jamoasi navbatdagi nazorat uchrashuvini 7 fevral seshanba kuni Obod jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика