So’nggi yangiliklar

21:26Салоҳ муддатидан олдин Миср терма жамоасидан "Ливерпуль"га қайтади. Нега?  0 21:00Миллатлар лигаси. Тўртта ўйин бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  0 20:34Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 20:14Ўзбекистон U-20 терма жамоаси 89-дақиқада урилган гол эвазига Аргентина билан иккинчи ўйинда дуранг қайд этди  8 20:05Миллатлар лигаси. Қозоғистон ўз майдонида Словенияга мағлуб бўлди  7 20:02Назорат учрашуви. "Локомотив" ва "Олимпик" ўзаро дуранг ўйнади  0 19:09Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулоти Остон Ўруновсиз ўтди  11 18:39Остон Ўрунов БААга қарши ўйинда майдонга тушмайдими?  11 18:31Германия Нагельсманн билан шартномани узайтирмоқчи  1 17:52Рустам Ашурматов Ўзбекистон МТЖ ихтиёрини тарк этади  5 17:20"Қумқўрғон-1977" Биринчи лигадан четлатилади  2 17:11Фарҳод Нишонов: "Футболчиларим Мессининг олдида "Мессини ёқиб олишди"  2 16:22"Ювентус" "Порту"дан ижарага олинган Консейсау бўйича қарор қабул қилди  1 15:55Эдегор қачон сафга қайтади?  0 15:25"Милан" юлдузи ўзига янги клуб танлади  2

"Dinamo" - "Bunyodkor". Kim finalga chiqadi? Yangiliklar

"Dinamo" - "Bunyodkor". Kim finalga chiqadi?

Teglar :  DinamoBunyodkor
6 oktyabr, juma kuni barchaning etibori Samarqandda o'tadigan O'zbekiston Kubogi yarim final javob uchrashuvi doirasidagi Dinamo - Bunyodkor o'yiniga qaratiladi.

Final yo'llanmasini taqdim etuvchi qarama-qarshilik oldidan jamoalarning o'zaro o'yinlari tarixiga etibor qaratamiz.

YARIM FINALNI ZOKIR QODIROV BOSHQARADI

O'zbekiston Kubogi yarim final javob uchrashuvini boshqarib boradigan hakamlar brigadasi elon qilindi.

PFL elon qilgan ro'yxatga binoan, uchrashuvni navoiylik referi Zokir Qodirov boshqarib boradi. Unga qanotlarda Obid Jumaev va Ruslan Samandarov yordam berib boradi. O'yin nazoratchisi Arslon Xotamov.

O'zbekiston Kubogi-2017.
Yarim final. Javob uchrashuvi.
6 oktyabr (juma)
Dinamo (Samarqand) – Bunyodkor (Toshkent)
Hakamlar
: Z. Qodirov (Navoiy), O. Jumaev (Navoiy), R. Samandarov (Navoiy), A. Ergashev (Toshkent)
Nazoratchi: A. Xotamov (Toshkent).
Dastlabki uchrashuv – 0:0.
Uchrashuv boshlanish vaqti: 15:00
TV-translyaciya: Sport TV (takror, 22:10)

O'ZARO O'YINLAR: 22-TO'QNASHUV
Dinamo va Bunyodkor klublari o'zaro bugungacha 21 marta to'qnash kelishgan. O'zaro uchrashuvlarda statistika Bunyodkor ustunligini ko'rsatmoqda. Bunyodkor 15 ta o'yinda g'olib bo'lgan, 3 ta o'yin durang hisobida yakunlangan. Dinamo ushbu raqibni hozirgacha bir marta mag'lub etgan.

To'plar nisbatida ham ustunlik Bunyodkor tomonida - 38:9. Bunyodkorning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 4:0ga teng. Dinamoning yagona g'alabasi – 1:0.



Samarqandda bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
12.10.2017 Dinamo - Bunyodkor 0:2
12.10.2015 Dinamo - Bunyodkor 1:1
06.04.2014 Dinamo - Bunyodkor 0:2
18.04.2013 Dinamo - Bunyodkor 0:3
21.05.2012 Dinamo - Bunyodkor 0:1.

TO'RTINCHI UCHRASHUV
Ushbu jamoalar 2017 yil hisobidan 4-marta to'qnash kelishmoqda. Oliy Liga birinchi davra bahsida Toshkentda 1:1 hisobi qayd etilgan bo'lsa, O'zbekiston Kubogi yarim final dastlabki uchrashuvi doirasida Bunyodkor maydonida o'tgan bahsda ham durang – 0:0 hisobi qayd etilgan edi. Uchinchi to'qnashuv Oliy Liga ikkinchi davrasidagi uchrashuv sifatida qayd etilib, unda Bunyodkor Samarqandda 0:2 hisobida zafar quchgandi. Ko'ramiz, final yo'llanmasini taqdim etuvchi to'rtinchi bahsda kim g'olib bo'larkin…

KIM QANDAY HOLATDA?

Mehmon jamoa Bunyodkor so'nggi 7 uchrashuvdan 6 tasida g'alabaga erishdi, 1 o'yinda durang qayd etdi.

Dinamo esa ikkinchi davrada hali g'alaba nimaligini bilgani yo'q. Jamoa so'nggi 7 uchrashuvdan to'rttasida durang, uchtasida mag'lubiyatga uchradi.

Dinamoning so'nggi 7 o'yini natijasi:
SHo'rtan - Dinamo - 1:0
Dinamo - Paxtakor - 0:0
Navbahor - Dinamo - 1:0
Dinamo - Qo'qon-1912 - 0:0
Buxoro - Dinamo - 0:0
Dinamo - Bunyodkor - 0:2
So'g'diyona - Dinamo - 0:0

Bunyodkorning so'nggi 7 o'yini natijasi:
Bunyodkor - Olmaliq - 1:0
Nasaf - Bunyodkor - 0:1
Bunyodkor - Olmaliq - 2:0
Qizilqum - Bunyodkor - 3:3
Bunyodkor - Neftchi - 2:0
Dinamo - Bunyodkor - 0:2
Bunyodkor - Mashal - 4:0

KIM QANDAY ETIB KELDI?


Dinamo yarim finalgacha Zomin, Olmaliq, Mashal to'sig'idan o'tgan bo'lsa, Bunyodkor SHo'rtan va Neftchini mag'lub etib, yarim finalga yo'l olgandi.

FAKT… SO'NGGI MARTA FINALDA...

Bunyodkor so'nggi bor 2015 yilda Jizzaxda Nasafga qarshi O'zbekiston Kubogi finalida to'p surib mag'lubiyatga uchragan bo'lsa, Dinamo 2000 yilda Toshkentda kubok finalida Do'stlik jamoasiga mag'lub bo'lgan edi.

Dinamo klubi matbuot xizmati.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика