So’nggi yangiliklar

20:50Ёмғирли ГАЛЕРЕЯ  1 20:41Бир йил футбол ўйнамаган Неймар ОЧЛ баҳсида майдонга тушиши мумкин  0 20:38Оллоберган Каримов: "Орзуларимдан бири амалга ошди. Аргентина билан муносиб ўйнадик"  0 20:20Англия футбол ассоциацияси Гвардиола билан боғланди, мураббий тез орада қарор қабул қилади  0 18:51Жамшид Искандеров: "Йигитлар эртанги ўйинга 100 фоиз тайёр!"  8 18:39Аббос Файзуллаев - ЦСКАнинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси  5 18:22ЎФА ходими: Файзуллаев эртанги ўйинга тайёр   9 17:43Роналду "Барселона" футболчиси билан ҳазиллашди  6 17:25"Барселона" раҳбарияти Хавидан iPhone ва iPad'ларни қайтаришни сўрамоқда  13 17:01Испаниянинг мағлубиятсиз серияси нечта ўйинга етди?   2 16:45Аббосбек Файзуллаев эртага майдонга туша оладими?!  20 16:41Тошкентга келган БАА ҳужумчиси охирги уч ўйинда дарвозага умуман аниқ зарба бермади  13 16:36"Арсенал"ни стандартлар бўйича Европанинг энг кучли жамоасига айлантирган мураббий  1 16:20"Барселона" "Арсенал"дан текинга футболчи олмоқчи  0 16:01Симеоне январда кетмоқчи эмас  0

Dinamo - Bunyodkor: 3-urinishda g'olib aniqlanadimi? Yangiliklar

Dinamo - Bunyodkor: 3-urinishda g'olib aniqlanadimi?

Teglar :  DinamoBunyodkor
Oliy Liga 22-turining etiborli o'yinlaridan biri Samarqandda o'tadi. Dinamo jamoasi joriy yil hisobidan uchinchi marta Bunyodkorga qarshi saf tortadi.

UCHINCHI UCHRASHUV

Ushbu jamoalar 2017 yil hisobidan 3-marta to'qnash kelishmoqda. Oliy Liga birinchi davra bahsida Toshkentda 1:1 hisobi qayd etilgan bo'lsa, O'zbekiston Kubogi yarim final dastlabki uchrashuvi doirasida Bunyodkor maydonida o'tgan bahsda ham durang – 0:0 hisobi qayd etilgan edi. Ushbu uchinchi to'qnashuv Oliy Liga ikkinchi davrasidagi uchrashuv sifatida qayd etilayotgan bo'lsa, oldinda ushbu klublar kubok yarim finali javob o'yinida ham o'zaro maydonga tushib, finalchi nomini aniqlashadi. Ko'ramiz, uchinchi o'yinda g'olib aniqlanarmikan?

UCHRASHUVNI TO'XTASINOV BOSHQARADI

Dinamo - Bunyodkor uchrashuvini boshqarib borish andijonlik hakam Temur To'xtasinovga ishonib topshirildi. Uchrashuv nazoratchisi sifatida Gali Imomov ishlaydi.

Oliy Liga. 22-tur. 21 sentyabr (payshanba)

Dinamo (Samarqand) – Bunyodkor (Toshkent)

Hakamlar
: T. To'xtasinov (Toshkent), A. Marajabov (Andijon), Z. Abdurahmonov (Andijon), R. Abduvohidov (Qarshi)

Nazoratchi: G. Imomov (Toshkent).

O'zPFL vakili: G. Rtveladze.

Uchrashuv boshlanish vaqti: 16:30.

KIM QANDAY HOLATDA?

Mehmon jamoa Bunyodkor Oliy Liga doirasidagi so'nggi besh uchrashuvdan 4 tasida g'alabaga erishdi, 1 o'yinda durang qayd etdi.

Dinamo esa ikkinchi davrada hali g'alaba nimaligini bilgani yo'q. Jamoa so'nggi 5 uchrashuvdan uchtasida durang, ikkitasida mag'lubiyatga uchradi.

Oliy Liga. Dinamoning so'nggi 5 o'yini:

SHo'rtan - Dinamo - 1:0

Dinamo - Paxtakor - 0:0

Navbahor - Dinamo - 1:0

Dinamo - Qo'qon-1912 - 0:0

Buxoro - Dinamo - 0:0

Oliy Liga. Bunyodkorning so'nggi 5 o'yini:

Bunyodkor - Olmaliq - 1:0

Nasaf - Bunyodkor - 0:1

Bunyodkor - Olmaliq - 2:0

Qizilqum - Bunyodkor - 3:3

Bunyodkor - Neftchi - 2:0

O'ZARO O'YINLAR: 20-TO'QNASHUV

Oliy Liga tarixida Dinamo va Bunyodkor klublari o'zaro bugungacha 19 marta to'qnash kelishgan. Samarqanddagi o'yin 20-to'qnashuv sifatida tarixda qoladi.

O'zaro uchrashuvlarda statistika Bunyodkor ustunligini ko'rsatmoqda. “Bunyodkor” 15 ta o'yinda g'olib bo'lgan, 3 ta o'yin durang hisobida yakunlangan. “Dinamo” ushbu raqibni hozirgacha bir marta mag'lub etgan.

To'plar nisbatida ham ustunlik “Bunyodkor” tomonida - 36:9. O'zaro o'yinlarda “Dinamo” 6, “Bunyodkor” esa 48 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Bunyodkor”ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 4:0ga teng. “Dinamo”ning yagona g'alabasi – 1:0.

Samarqandda bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:


12.10.2015 Dinamo - Bunyodkor 1:1

06.04.2014 Dinamo - Bunyodkor 0:2

18.04.2013 Dinamo - Bunyodkor 0:3

21.05.2012 Dinamo - Bunyodkor 0:1

15.04.2011 Dinamo - Bunyodkor 0:1

Fakt…

Bunyodkor klubi Dinamoga qarshi so'nggi uch uchrashuvda g'alaba nimaligini bilmayapti. Jamoalarning Samarqanddagi so'nggi o'yinida Bunyodkor 2015 yilda Dinamo bilan 1:1 o'ynagan bo'lsa, 2017 yildagi Toshkentda chempionat va kubok doirasidagi bahslarda ham 1:1 va 0:0 natijalari qayd etildi.

Dinamo klubi matbuot xizmati.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика