So’nggi yangiliklar

08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  7 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  7 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3

Dilyaver Vaniev: "G'ijduvon" hali ko'p jamoalarga "boshog'riq" bo'ladi" Yangiliklar

Dilyaver Vaniev: "G'ijduvon" hali ko'p jamoalarga "boshog'riq" bo'ladi"

O'zbekiston kubogi musobaqasining guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan "Mashal" - "G'ijduvon" (0:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Dilyaver Vaniev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Bugungi uchrashuv haqida aytadigan bo'lsam, qiziqarli o'yin guvohiga aylandik. Har ikki jamoa ham faollik ko'rsatdi. O'z o'yinimizdan qoniqish hosil qilgan va qoniqmagan jihatlarim bor. Xavfli vaziyatlar yaratish borasida jamoamiz vakillari juda yaxshi harakat qilishdi. Biroq hujumlarni yakunlashda xatoliklarga yo'l qo'ydik. 

- O'tgan turda G'ijduvon" shu maydonda "Qo'qon-1912"ga yirik hisobda mag'lub bo'lgandi. "Mashal" ham Superliga havosidan bahramand bo'lgan klub. Nega "G'ijduvon" bugun mag'lub etilmadi?

- Hozir bizda futbol yaxshi rivojlanib borayapti. Hech bir natijani oldindan aytish qiyin. Masalan kecha "Zomin" Superliga vakili "Lokomotiv" bilan 2:2 hisobida o'ynadi. "G'ijduvon" yomon jamoa emas. Balki ularning natijalari chempionat doirasida yomonroq ko'rinayotgandir. Jiddiy tahlil qilsangiz, bu jamoa Pro-liganing navbatdagi tur uchrashuvlarida har qanday jamoaga "boshog'riq" bo'la oladi.

- Zaxiradan o'yinga qo'shilgan futbolchilarning o'yinlaridan qoniqdingizmi?

- Biz zaxiradan 2004 yilda tug'ilgan futbolchilarni maydonga tushirdik. Akademiyamiz tarbiyalanuvchilariga imkoniyat berayapmiz, ularga o'yin amaliyoti va tajriba kerak.

- Ukrainalik legionerning o'yini haqida fikringiz qanday?

- Mikola Agapov ancha muddat futboldan chetda qolgan, mashg'ulotlar o'tkazmagan. FIFA ukrainalik futbolchilarga transfer borasida imkoniyat bergach, u tarkibimizga kelib qo'shildi. O'yindan-o'yinga moslashib boradi. To'pni o'zida saqlashi, vaziyatlar yaratishi bilan alohida ajralib turdi. Biz unga maydondagi taktik vazifalarini ham tushuntirib borayapmiz.



Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика