Dilshod SHarofutdinov Indoneziya Superligasida faoliyat boshladi
15 mar 2018 17:07
Yangiliklar
Dilshod SHarofutdinov Indoneziya Superligasida faoliyat boshladi
Yangi mavsum oldidan Samarqandning “Dinamo” klubida tayyorgarlik ko'rgan Dilshod SHarofutdinov bu yil ham faoliyatini legioner sifatida davom ettiradi.
So'nggi mavsumlarda Malayziya chempionatida to'p surgan samarqandlik futbolchi kuni kecha Indoneziya Superligasi debyutanti sanalmish “PSMS Medan” klubi bilan shartnoma imzoladi. Endi 32 yoshli yarimhimoyachi ushbu mavsumni Indoneziya chempionatida o'tkazadi.
SHimoliy Sumatra provinciyasi sharafini himoya qiluvchi Medan shahri klubida SHarofutdinov osiyolik legioner sifatida to'p suradi. Klubda shuningdek, braziliyalik Reynaldo Lobo, kotd’iuvarlik Nguessan Yesso va namibiyalik Sadney Urixoblar legioner sifatida faoliyat olib borishadi.
Fikrlar