Dilshod Rahmatov: "Jamoadoshlarimning amaldagi Jahon chempionlariga qarshi ko'rsatgan o'yini xursand qildi" Yangiliklar

Dilshod Rahmatov: "Jamoadoshlarimning amaldagi Jahon chempionlariga qarshi ko'rsatgan o'yini xursand qildi"

O'zbekiston hamda Argentina futzal terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng mezbonlar o'yinchisi Dilshod Rahmatov fikrlarini bildirib o'tdi.




"Avvalo muxlislar haqida to'xtalib o'tmoqchiman. SHunchalik qo'llab-quvvatlashgani uchun rahmat. Ushbu uchrashuvni tashkil qilganlarga ham minnatdorchilik bildiraman. Bugungi raqibimiz amaldagi Jahon chempioni hisoblanardi. Balki, bugun ular o'zining o'yinini ideal darajada ko'rsata olmagandir. Lekin, bizning yigitlarning o'yin davomida ko'zi yonib turdi. Jamoadoshlarimning shunday raqib bilan tengma-teng o'ynagani xursand qildi. Bugun Argentina yuqori saviyada o'ynay olmadi yoki bizning terma jamoa kuchli harakat qildi. Ertangi bahsdan so'ng biror xulosa chiqarish mumkin. 

Kamchiliklarimizni murabbiylarimiz ham tanaffusda aytib o'tishdi. Raqib futzalchilari o'yinni yaxshi ko'ra olishar ekan. Ular safidan birorta o'yinchini ajratib ko'rsata olmayman. Jamoaviy o'yin yaxshi shakllangan. Faqatgina, mahorat borasida ustunligi ko'rinib turibdi. Biz o'z o'yinimiz bilan  Jahon chempionatidagi o'rnimizni ko'rsatmoqchimiz. Mazkur uchrashuvni faqat O'zbekistonda emas boshqa mamlakatlarda ham ko'rishdi. O'ylaymanki, Argentina bilan o'yin mundial sari tashlangan yana bir qadam bo'ldi", - deydi Rahmatov.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика