So’nggi yangiliklar

01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  13 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  0 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  21 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  1

Dilshod Nuraliev: “Terma jamoamizdan 1994 yilgi chempionlikni takrorlashini kutib qolamiz” Yangiliklar

Dilshod Nuraliev: “Terma jamoamizdan 1994 yilgi chempionlikni takrorlashini kutib qolamiz”

Malumki bugun O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Incheonda, guruhdagi so'nggi uchrashuvini o'tkazadi.
Afg'onistonga qarshi o'yin oldidan taniqli mutaxassis Dilshod Nuralievning fikrlarini bilishga qiziqdik.

- Dilshod aka, olimpiya terma jamoamizning Osiyo o'yinlarida o'tkazayotgan uchrashuvlarini ko'rish imkoni bo'lyaptimi?
- Ha, albatta. Guruhdagi ikkita o'yinni ko'rdik.

- Xo'sh, bu borada ortda qolgan o'yinlardan so'ng sizda qanday xulosalar paydo bo'ldi?
- Bilasizmi, guruhimizdagi raqiblarning saviyasi nisbatan biznikidan pastroq. SHuning uchun ular himoyaviy taktikani qo'lladi. Asosan qarshi hujum ostida to'p tepdi. Ochig'i, bunday raqiblarga qarshi o'yinlar doimo qiyin kechadi. Lekin terma jamoamiz imkon qadar muxlislarni xursand qilishga harakat qilayotgani ko'rinib turibdi.

- Bugungi o'yin oldidan nima deya olasiz?
- Faqat g'alaba qozonishiga tilakdoshmiz. Buning uchun ekran qarshisidan bo'lsa ham xamyurtlarimizni qo'llab-quvvatlaymiz va Yaratgandan ijobiy natijaga erishishini so'rab qolamiz. Afg'oniston bilan o'yin qiziqarli o'tadi deb tahmin qilaman. Umid qilamizki, bugun yigitlar murabbiyning bergan ko'rsatmalarini bexato bajaradi va yirik hisobda g'alabaga erishadi.

- Finalga qadar borish imkoniyatimizni qanday baholaysiz?
- Sizga hozir bu borada tayinli gap aytishim qiyin. Sababi futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin. Imkoniyatlardan unumli foydalanib, har bir o'yinda g'alaba qozonishimizni juda-juda istaymiz. Yigitlarimizda xalqaro tajriba etarli. Xalqimiz ulardan 1994 yilgi chempionlikni takrorlashini kutmoqda. Bunga erishsa bo'ladi. Bu yo'lda terma jamoamizga omad va zafarlar yor bo'lishini tilab qolamiz.

- Nima deb o'ylaysiz, mazkur musobaqadan so'ng qaysi futbolchilarimiz xorij klublariga ekspert qilinishi mumkin?
- Olimpiyada o'yinlarida futbol yarmarkasi u qadar katta bo'lmaydi nazarimda. Menimcha kelasi yil Avstraliyada bo'ladigan Osiyo chempionatida xorijlik skautlar soni ko'p bo'ladi. Extimol hozir Incheonda ham futbolchilarni mutaxasisslar kuzatishayotgandir. Agar shunday bo'lsa, “Paxtakor”ning iqtidorli o'yinchilari Egor Krimec, Jamshid Iskandarov hamda Igor Sergeev kabi o'yinchilar xorij klublariga o'tishi mumkin.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.   
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика