So’nggi yangiliklar

01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  1 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   3 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  15 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  6 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  10 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  171 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  55 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  10 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  29 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3

Diego Simeone: "Xavi 2016-yilda "Atletiko"ning uslubi katta jamoalar uchun emasligini aytgandi. Endi u murabbiy sifatida o'zini ko'rsatishi kerak - ishonchim komil, u bunga erishadi" Yangiliklar

Diego Simeone: "Xavi 2016-yilda "Atletiko"ning uslubi katta jamoalar uchun emasligini aytgandi. Endi u murabbiy sifatida o'zini ko'rsatishi kerak - ishonchim komil, u bunga erishadi"

"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone "Barselona"ga qarshi La Liga 23-tur doirasidagi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirdi.

"Xavi 2016 yilda "Atletiko" o'ynayotgan uslub katta jamoalar uchun emasligini aytgandi. Hozir esa u o'zi xohlagan o'yinni, klubdagi yillar davomida o'rganilib qolgan uslubni qo'yish imkoniyatiga ega bo'ladi. Biz raqibga muammo tug'diradigan tarzda o'ynashga harakat qilamiz.

Agar siz butun umringizni muayyan sharoitlarda o'tkazgan bo'lsangiz, boshqalarni tushunmaysiz. Men uning fikrlariga hurmat bilan qarayman, u butun faoliyati davomida "Barselona"da o'ynash uchun etarli mahoratga ega edi. SHeriklari ham buyuk futbolchilar edi, ular katta muvaffaqiyatlarga erishishdi. Endi u o'zini murabbiy sifatida ko'rsatishi kerak va u muvaffaqiyatga erishishiga ishonaman.

Menga "Barselona"ning qanday o'ynayotgani yoqadi. U o'z falsafasini singdirdi. U jamoaning ushbu uslubga amal qilishini taminlash uchun barcha narsalarga ega.

"Atletiko"ga kelganimdan beri "Barselona" har doim barcha musobaqalarda g'alaba qozonish uchun kurashgan.

Bizni raqobatchimizga qarshi muhim o'yin kutmoqda, bahs qiziqarli bo'ladi. Biz haligacha "Barsa"ni uyida mag'lub eta olmaganmiz", - deydi Simeone.


→Xavi Simeonening "Atletiko"dagi o'yin uslubi haqida gapirdi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика