Diego Kosta Braziliya klubini erkin agent maqomida tark etdi
01 jan 2025 23:02
Yangiliklar
Diego Kosta Braziliya klubini erkin agent maqomida tark etdi
Madridning "Atletiko" va Londonning "CHelsi" klubi sobiq hujumchisi Diego Kosta "Gremio" (Braziliya)ni erkin agent maqomida tark etdi.
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda. 36 yoshli Diego Kosta o'tgan yilning fevralidan buyon Braziliya klubida o'ynab kelayotgandi. U Portu-Allegri jamoasi tarkibida barcha musobaqalarda 26ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 5ta assist qayd etdi.
Transfermarkt futbolchini 1 million evroga baholamoqda.
Diego Kosta "Atletiko" bilan Evropa Ligasini ikki bor yutgan va UEFA Superkubogiga uch bor ega chiqqan. "CHelsi" bilan esa ikki bor Angliya chempioni bo'lgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar