Di Mariya: "Evropada qolish men uchun muhim"
21 fev 2023 13:08
Yangiliklar
Di Mariya: "Evropada qolish men uchun muhim"
"Yuventus" klubi va Argentina terma jamoasi vingeri Anxel Di Mariya kelajagi borasidagi rejalari haqida gapirdi.
35 yoshli futbolchining Turin klubi bilan shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga etadi.
"Men "Rosario Sentral" haqidagi so'nggi mish-mishlardan xabardorman, bu menga yoqmadi. Ular hozir odamlarga yolg'on umid berishmoqda. Qaytish vaqti [Argentinaga] qachon kelishini o'zim hal qilaman.
Men keyingi Amerika Kubogida o'ynashni xohlayman, shuning uchun terma jamoaga chaqirilish uchun Evropada qolishim muhim, aks holda, Lionel Skaloni meni hisobga olmaydi", – dedi Di Mariya.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar