So’nggi yangiliklar

01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  0 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  14 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  0 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  21 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

D.Fayziev: “Muxlislarga katta rahmat aytaman” Yangiliklar

D.Fayziev: “Muxlislarga katta rahmat aytaman”

“So'g'diyona” – “Navbahor” (2:0) uchrashuvi yakunlanganidan so'ng tashkil matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Davron Fayziev ishtirok etdi.


– Bugun biz o'zimiz uchun suv va havodek zarur ochkolarni qo'lga kiritdik. Birinchi 30 daqiqada ustunlik mehmonlar tomonida bo'ldi. Agar ular to'p kiritishganda, o'yin umuman boshqacha ko'rinishda bo'lishi mumkin edi. Muxlislarga katta rahmat aytaman. Garcha o'tgan turda yirik mag'lubiyatga uchraganimizga qaramay stadionga 7500 ga yaqin muxlislar bizga ishonch bildirib tashrif buyurishi biz uchun katta sharaf. Bugungi g'alabamiz bilan oz bo'lsa ham muxlislarimiz oldida yuzimiz yorug' bo'ldi deb o'ylayman.

– Bugun maydonda sizga yordamchi sifatidan Ruslan Ahmedov o'rnida Aleksandr Mochinovni ko'rdik?


– Ha bu juda tez ro'y berdi. Ikki kun bo'ldi. O'tgan turda yirik mag'lubiyatga uchrashganimizdan so'ng rahbariyat bilan ishdan ketishim to'g'risida gaplashgandim. Rahbariyat esa menga ishonishda davom etishlarini aytishdi. Bu uchun ularga katta rahmat aytaman. Hozircha Ruslan Ahmedov va Diyor Fayzievlar yoshlarimiz bilan shug'ullanishayapti. O'tgan kunidan boshlab, Mochinov menga maslahatchi va yordamchi murabbiy vazifasida ishlay boshladi. Rahbariyat menga o'zim uchun yordamchi tanlashimni aytishganda, uni jamoamizga taklif etdim.

– Jasur Hakimovni maydonga tushmaganligi haqida to'htalsangiz..

– To'g'ri Hakimov bugun zahirida qoldi. Uning nomiga klubimizga O'FFdan chaqiruv hati kelgan. Olimpiya terma jamoasi yig'inlariga va keyingi musobaqalarga qatnashishi to'g'risida. Biz bir hujumchiga tayanib qolmaslik maqsadida, bugun uning o'rnida Akmal Abdurahmonovni maydonga tushirdik. Hakimov terma jamoa bilan bo'lgan vaqtlarda uning o'rnida harakat qiladigan futbolchilarni yaxshiroq aniqlab olishimiz kerak. Lekin Jasur jamoamizga o'z o'yini bilan katta yordam beradigan futbolchi.

– “Navbahor”ning so'nggi ikki o'yinlarini o'rganib chiqqandik. SHogirdlarimga mehmonlarning qarshi hujumlariga jiddiy etibor berib, bor kuchlari bilan kurash olib borishlarini takidlagandim.

– “Interfutbol” gazetasi va uff.uz saytlarida “So'g'diyona” haqidagi maqolalar xabarlar ko'pchilikni etiborini tortdi. Bu haqida qanday fikrdasiz?

– Rostini aytsam bunday xabarlarga etibor qaratmayman. Agar hammani har hil fikri bilan yashaydigan bo'lsak, bilmadim qanday hayot bo'ladi. Men oldinlari ham aytganman, marhamat o'yinlarimizni stadionda kelib o'z ko'zlari bilan ko'rishsin. So'nggi vaqtlarda biz tomon otilayotgan toshlar ko'payib qoldi. Yomg'irda o'yin bo'lsa “So'g'diyona”ga tegishli gaplar…o'sha “Interfutbol” gazetasidagi ketma-ket maqolalar… Biz jurnalistlarni hurmat qilamiz. Lekin asossiz, noo'rin gaplarga bundan keyin qatiy kurashamiz va javob beramiz.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика