So’nggi yangiliklar

20:28Пьер-Эмерик Обамеянг: "Бу жуда катта хато бўлганди"  0 19:57АҚШ ФИФАга Кеннеди марказини 2026 йилги ЖЧ қуръаси учун бепул тақдим этади  0 19:34"Бавария" Меньян учун "Челси" билан рақобатлашади  1 19:07Интизом — энг муҳими. Аморим МЮда қатъий қоида жорий қилди  0 18:41Қозоғистон клублари Левченко, Абрамов ва Кападзега қизиқмоқда  13 18:14Салоҳ етакчилигидаги Миср Ўзбекистон билан ўйинга тайёрланмоқда  7 17:52Расман: Манчини Қатар клубида иш бошлади  1 17:30Франция бугун масалани ҳал қила оладими ва Грузиянинг сўнгги имкони! Барчаси терма жамоаларнинг топ ўйинлари ҳақида  0 17:10Мисрлик журналист: "Ўзбекистонга қарши учрашув Африка Кубоги учун услубни синовдан ўтказиш имконияти дегани. Салоҳ Месси эмас"  2 16:46"Реал" стадиони номига ўзгартириш киритди  7 16:20Кристенсен: "Умид қиламанки, "Барселона"да қоламан. Менда Б режа йўқ"  1 15:51Жеррард Англия жамоаси бошқарувига келиши мумкин  0 15:27Ўзбекистонлик ҳакамлар Португалия – Бельгия баҳсида ишлайди  2 14:53Ҳоланд, Нету, Винисиус Европанинг энг тезкор футболчилари қаторидан жой олди  4 14:25Мбаппе Упамеканони "Реал"да кўришни хоҳлайди  1

Desmond Bakingem: "Futbolchilarimda charchoq alomatlari sezildi" Yangiliklar

Desmond Bakingem: "Futbolchilarimda charchoq alomatlari sezildi"

OCHL 2-turi doirasida "Navbahor" maydonida yirik hisobdagi mag'lubiyatdan keyin "Mumbay Siti" bosh murabbiyi ishtirok etdi.

- O'yinda bor imkoniyatlarimizdan kelib chiqib o'ynadik. Bugungi bahs eng ko'p harakatda bo'lgan uchrashuvlarimizdan biri bo'ldi. Birinchi bo'lim yakunidagi holatlar esa butun bir o'yin scenariysini o'zgartirib yubordi. Kutilmagan holatlarga boy bo'lgan o'yinda biz bor salohiyatimizni namoyish qilib berdik deb o'ylayman.

- Ob-havo futbolchilaringizga tasir qilmadimi?

Havo juda yaxshi bo'ldi. 29 yil avval Angliyada yurgan paytlarimni esladim, yani, ustimga qalinroq kiyim kiyishimga to'g'ri keldi. Bilasiz, Hindistonda o'rtacha havo harorati 35-40 daraja issiq bo'ladi va shu sababli issiq kiyimlarga hojat bo'lmaydi. Bugun esa O'zbekistonda Angliyadagi yoqimli havo bo'ldi.

- Raqiblaringizdan qaysi futbolchini ajratib ko'rsata olasiz va jamoangizdagi qaysi futbolchining o'yini o'xshamadi?

Ilk navbatda raqiblar posbonini alohida takidlagan bo'lardim. U bugun o'zining eng yaxshi ko'rsatkichlarini namoyon qila oldi. SHuningdek, 10-raqamli futbolchi (Jamshid Iskanderov) mening yodimda saqlanib qoladi. U ham darvozabon kabi eng muhim rolni o'ynadi va eng yaxshi holatini namoyish qilib berdi. Biroq jamoamdagi futbolchilarni ajratib ko'rsata olmayman. Barcha futbolchilarim qo'lidan kelgancha harakat qilishdi. SHu bois biror futbolchimning o'yini meni qoniqtirmadi deb ayta olmayman. Bu futbolchilarim uchun hurmatsizlik bo'lishi mumkin.

- Bugungi o'yinga qadar futbolchilaringiz bilan standartlardan, penaltilardan qanday foydalanish borasida ishlaganmidingiz?

- Ilk navbatda aytishim kerakki, biz penaltilarga tayyorlanmagandik. SHunchaki qo'limizdan kelganini ko'rsatishga harakat qilgandik. Bor etiborimizni qo'l ostimizdagi futbolchilarning imkoniyatlariga qaratganmiz. Bu biz uchun yuqori daraja hisoblanadi. Biz ushbu darajadan yuqoriga chiqishni istagandik.

- Ikki xil bo'lim ko'rdik. Birinchi bo'limda yaxshi himoyalandingiz va markazda raqibni kutib oldi. Ikkinchi bo'limda esa aksi. Bu nimadan dalolat, jamoaning jismoniy holati yaxshi emasmi?

- Mavsum davomida 24 o'yin o'tkazdik. Jamoadagi futbolchilarda charchoq alomatlari sezilayotgan bo'lishi mumkin. Lekin biz uchun har bir o'yin katta tajriba beradi. SHu orqali biz eng yaxshi jamoa bo'lishimiz mumkin. Har qanday o'yin katta tajriba berishi bilan, charchoq alomatlarini ham taqdim qilishini hisobga olish kerak.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика