Desham Zidan haqida: “Joy band!”
08 avg 2022 08:35
Yangiliklar
Desham Zidan haqida: “Joy band!”
Franciya TJ ustozi Dide Desham o'z o'rnini Zinedin Zidanga bo'shatishga shoshilmayapti.
Mutaxassisning terma bilan amaldagi kelishuvi Qatardagi mundialdan keyin o'z yakuniga etadi.
“Ayni paytda joy band, u men va murabbiylar shtabim tomonidan egallangan. Har kim xohlaganini aytishi mumkin, ammo bularning menga aloqasi yo'q. Oldindagi vazifamiz jahon chempionatida muvaffaqiyatli qatnashish uchun unga yaxshi tayyorgarlik ko'rishdan iborat. Keyinchalik nima bo'lishini esa bilmayman, chunki meni bu savol o'ylantirmayapti, lekin kuchga to'laman va hozirgi ishimni juda yaxshi ko'raman”, deydi 2012 yildan beri Franciya TJni boshqarib kelayotgan 53 yoshli Desham.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" "оловли" ўйинда Мбаппе ва Беллингемнинг голи эвазига "Барселона"ни мағлуб этди
Месси Роналдунинг рекордини такрорлади, бироқ...
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" марказий тўқнашувда ОКМК билан дуранг ўйнади
Суперлига. Турнинг сўнгги баҳсида "Сурхон" "Андижон"га ҳеч қандай имконият қолдирмай йирик ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar