So’nggi yangiliklar

08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  7 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  7 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3

Denis Korostichenko: "Zomin" uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'rgani sezildi" Yangiliklar

Denis Korostichenko: "Zomin" uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'rgani sezildi"

O'zbekiston Kubogi 2-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" – "Zomin" (2:2) uchrashuvidan so'ng "temiryo'lchilar" bosh murabbiyi Denis Korostichenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.


- O'yin haqida

- Yuqori darajadagi bahs bo'ldi. "Zomin" uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'rgani sezildi. Birinchi bo'limda ko'plab imkoniyatlarni yo'qqa chiqardik. O'yin so'ngida gol o'tkazib, yutqazib qo'yishimiz ham mumkin edi.

- "Lokomotiv" futbolchilari diqqat-etiborni yo'qotib qo'yishdimi?

- Ha, balki diqqat-etiborni yo'qotishdi, balki raqibni mensishmadi. Lekin biz "Zomin"ni batafsil o'rganib chiqib, yigitlar bilan muloqot qilib, yaxshi tayyorgarlik olib borgandik. Biroq o'yinda golga olib keluvchi xatolarga yo'l qo'ydik. Hammasini keyinroq ko'rib chiqamiz.

- "Zomin"ning birinchi golini urgan Doniyor Usmonov yil boshida "Lokomotiv" yig'inida qatnashgandi, siz uni tarkibga jalb etmagandingiz. Goldan so'ng o'sha qaroringizdan afsuslandingizmi?

-  Yo'q, afsuslanmadim. Doniyor Usmonov yig'inimizda qatnashgandi, ammo hujumchi bizga to'g'ri kelmagandi. Bugun gol urdi, yorqin o'yin ko'rsatdi. Tabriklayman va keyingi bahslarida omad tilayman.

- Jamoa o'tgan yilga qaraganda chiroyli o'yin ko'rsatmoqda. Ammo ko'p vaziyatlar ko'kka sovurilyapti. Yozgi transfer oynasida tarkibga kuchli hujumchi taklif qilishni o'ylayapsizmi?

-  Yanada qiziqarli o'yin ko'rsatish niyatidamiz. Oldin ham aytganimdek, tarkibga yaxsh hujumchi qo'shib olishni istagandik, biroq munosibini topa olmadik. Biz yosh hujumchilar bilan to'p tepyapmiz, ularga imkoniyat taqdim etyapmiz. Ular tarjriba to'plab, kuchayib borishadi degan umiddaman.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика