So’nggi yangiliklar

17:09Мирзаҳаким Тўхтамирзаев футбол шарҳловчилигига қандай кириб келганини айтди  0 16:37Мукофот жамғармаси — 1 миллиард сўм. United MFL — Ўзбекистондаги биринчи медиа футбол лигаси ташкил этилмоқда  1 16:31МЮ 40 млн фунтлик хавбекка кўз тикди  0 15:58"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!  29 15:39Суперлига-2025: мавсум якунлари — дубллар ёмғирдек ёғди, хет-трик эса...  1 15:18Расман: ОКМК ҳужумчиси Таиланд жамоасига ўтди  0 14:57Суперлига кашфиётларидан бири муваффақиятли операция қилинди  1 14:35Норчаев бугун Германияда операция қилинади  1 14:15Эшитдик-да! "Сурхон" футболчиси "Локомотив"га ўтди  0 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  3 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  9 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  5 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  3

Denis Korostichenko: "Ikkinchi taymda bir kishi ko'p bo'lib o'ynaganimizga qaramasdan, aytarli vaziyatlar yarata olmadik" Yangiliklar

Denis Korostichenko: "Ikkinchi taymda bir kishi ko'p bo'lib o'ynaganimizga qaramasdan, aytarli vaziyatlar yarata olmadik"

Coca Cola Superligasi 16-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" – "Bunyodkor" (0:0) uchrashuvidan so'ng "temiryo'lchilar" bosh murabbiyi Denis Korostichenko matbuot anjumanida qatnashdi.





- O'yin haqida

- O'yin juda keskin ruhda kechdi. Talaygina imkoniyatlar yuzaga keldi. Ikki jamoa ham turnir jadvalida o'ziga yarashmaydigan o'rinlarda ketayotgani bois g'alaba muhim edi. Asosiy vazifamiz 3 ochkoni qo'lga kiritish edi, ammo buning uddasidan chiqa olmadik. Ikkinchi taymda bir kishi ko'p bo'lib o'ynaganimizga qaramasdan, aytarli vaziyatlar yarata olmadik, chunki "Bunyodkor" yaxshi himoyalandi va qarshi hujumga o'tib ketishga urindi. Umuman, bu reja ularga ish berdi. Umumiy qilib olganda, o'yin teng kurashlar ostida o'tdi.

- Bugun ikki jamoaning ham kuni emas ekan. 3 ta gol hisoblanmadi, penaltidan to'p kiritilmadi, yana bir penalti bekor qilindi. Bugun ikki jamoa uchun "qora kun" desak bo'ladimi?

- Bilmadim. Bu – futbol. Hamma narsa bo'lishi mumkin. Penaltidan bazida gol uriladi, bazida esa yo'q. VAR bor edi, balki bekor qilib to'g'ri qilgandir. Hali ko'rmadim. "Qora kun" deb aytolmayman, lekin omadsiz kun bo'ldi deyishim mumkin. Balki penaltidan unumli foydalanganimizda, hammasi boshqacha bo'lardi.

- Penalti tepishni nega Jasur Jaloliddinovgi ishonib topshirdingiz? Odatda jamoa sardori tepardi...

- Odatda biz kim ko'proq tepishini va undan foydalana olishini inobatga olib, standart ijrochilarini belgilab olamiz. Birinchi davrada Diyorjon Turopov ko'p tepardi. Goh u, goh Kaxi Maxaradze penalti tepuvchimiz edi. Bu gal biz buni Jasur Jaloliddinovga ishonib topshirdik. Hechqisi yo'q, keyingi safar unumli foydalanadi.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика