So’nggi yangiliklar

08:41Италия МТЖ собиқ мураббийи "Ал Садд" бош мураббийи бўлади (Фабрицио Романо)  0 08:16Футзал. Бугун бронза учун майдонга тушамиз  0 07:50U-17 Жаҳон чемпионати. Осиёнинг иккита жамоаси плей-оффда. Кечаги кун натижалари билан танишинг  0 07:18U-17 Жаҳон чемпионати. Бугун бизни гуруҳдаги ҳал қилувчи учрашув кутиб турибди  6 01:19МЛС клублари лигага Неймар келишини хоҳлашмаяпти, улар бразилияликни "бош оғриғи" сифатида кўришмоқда  3 00:46Родриго “Реал”даги ролидан тобора норози бўлмоқда ва январда клубни тарк этиши мумкин  0 00:15Туркияда 1000 дан ортиқ футболчи қимор можароси сабабли четлатилди. Рўйхатда "Галатасарой" ва "Бешиктош" ўйинчилари ҳам бор  5 23:35Суперлига. "Сурхон" – "Шўртан" 1:0  0 23:24Ўзбекистон терма жамоасининг Дубайдаги машғулоти  2 22:57 8 та ўйиндан бери ғалаба қозона олмаётган "Аталанта" Юрични ишдан бўшатди  3 22:04Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг расмий машғулоти  5 21:15Февзи Давлетов: "Рустам Турдимуродов жамоада қоладими? Тўғриси, бу саволга жавоб бериш мен учун қийин"  9 21:00Асрор Алиқулов: "Оддий вазиятда хатога йўл қўйиб гол ўтказиб юбордик"  0 20:42Месси "Камп Ноу"га келиб, стадионга кириш учун шахсан рухсат сўради  16 20:02Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Шўртан"дан устун келди  16

Denis Korostichenko: "Ikkinchi davra birinchisidan ham zo'r o'tadi" Yangiliklar

Denis Korostichenko: "Ikkinchi davra birinchisidan ham zo'r o'tadi"

Pro-liganing 11-turi doirasida "Navbahor-Farm" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin "Lokomotiv" bosh murabbiyi Denis Korostichenko o'z fikrlarini bildirib o'tdi.


- Ilk navbatda, barchani g'alaba bilan tabriklayman. Nihoyat, birinchi davrani yakunladik. Kutganimizdek, davrani birinchi o'rinda tugatdik. Bugungi o'yinda ilk daqiqadayoq gol urildi. Albatta, bu holatdan keyin yanada ko'proq gollar urib olishimiz mumkin edi. Biroq raqib o'zini ko'rsata oldi va biz bilan yaxshi o'yin ko'rsatdi. Yana bir marta aytaman "Yunired", "Navbahor-Farm" kabi jamoalar futbol o'ynashga harakat qilishmoqda. Balki chiroyli emasdir, ammo ular to'g'ri yo'nalishda ishlashmoqda. Raqibga bosim uyushtirishga harakat qilishyapti, paslar o'ynashmoqda. Himoyada yotib olib, natijani ushlab qolish uchun o'ynashmayapti. Bugun ikki tomonga ham to'p juda ko'p bordi, ikki darvoza oldida vaziyatlar bo'ldi. Natijada futbolchilar tezda charchab qolishdi. Balki shu sabablidir, o'yin oxirigacha bosimga boy o'yin bo'ldi. "Navbahor-Farm"da ham yaxshi imkoniyatlar yuzaga keldi, biz ham hisobdagi farqni oshirishimiz mumkin bo'lgandi. Darvozabonimiz ham ishonchli o'yin namoyish qildi. Balki kichik hisobdadir, ammo natijani qo'lga kiritdik. Barchaga rahmat aytaman. Yigitlar oxirigacha harakat qilishdi va davrani g'alaba bilan yakunlashdi.

- Birinchi davra yakunlandi, kelgusi rejalar qanday bo'ladi?

- Hozir biroz dam olamiz va keyinchalik yigitlar individual mashg'ulotlarni boshlaydi. Futbolchilarga maxsus dastur taqdim qilingan, ular shu yo'sinda tatilda tayyorlanib borishadi. Keyin esa Toshkentda yig'inlarni boshlab, 10-12 kunlik mashg'ulotlardan keyin tog'da yig'inlarni davom ettiramiz. U erdan qaytib, ikkinchi davraga tayyorgarlikni o'zimizda olib boramiz.

- Fikringizcha, ikkinchi davra qanday o'tadi?

- Menimcha, ikkinchi davra hozirgidan ham kuchli bo'lishi mumkin. CHunki ko'p jamoalar transferlar oynasi vaqtida tarkibini kuchaytiradi. Barcha jamoalar bir-biri bilan o'ynab oldi va raqiblarining qanday holatda ekanligini bildi. Endi ular barchasini hisobga olgan holda ikkinchi davraga ko'proq kuch tashlaydi. Biz esa bo'shashmasligimiz va oxirigacha shu zaylda ishlashimiz kerak.

- Ikkinchi davradan oldin tarkibda ketadigan-keladigan futbolchilar bo'ladimi?

- Hozircha biz bu borada ishlayapmiz va tarkibga olib kelinishi mumkin bo'lgan futbolchilarni kuzatyapmiz. Tarkibdagi futbolchilar bizni qoniqtirmoqda. Masalan, biz tarkibga faqatgina mahalliy futbolchilarni olib kelishimiz mumkin. CHunki legionerlar limitidan to'laqonli foydalanganmiz va ularning tarkibda qolishi aniq. Ketadiganlar yo'q. Ko'ramiz, balki ikkinchi davrada bir qancha o'zgarishlar bo'lar.

- O'yindan tashqari savol: bugun ECHL finali bo'ladi va qaysi jamoaga muxlislik qilasiz, qaysi jamoaning yutishini istaysiz?

- Aytish qiyin. Menimcha, favorit "Manchester Siti" bo'ladi. CHunki jamoa juda yuqori darajadagi o'yinni namoyish qilmoqda. Balki, ayni damda dunyoning eng yaxshilaridan biridir. Biroq "Inter" ham yaxshi tarkibga ega. Bu final. Hech kim osonlikcha g'alaba qozona olmaydi. Final uchun jamoalar yaxshi kayfiyatda tayyorlanadi. Qiziqarli o'yin bo'ladi. "Siti" g'alaba qozonsa kerak deb o'ylayman, biroq "Inter"ning g'alabasini istayman.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика