So’nggi yangiliklar

21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  0 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  0 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  3 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  1 19:22Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйин бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  6 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  1 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  7 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  6 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  6 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  8 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  22 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  1 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  8 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  22

Denis Ivankov "Nasaf"dan ketdi Yangiliklar

Denis Ivankov "Nasaf"dan ketdi

Kuni kecha "Nasaf" jamoasi murabbiylar shtabida o'zgarish ruy berdi.

Ko'p yillardan buyon "Nasaf"da darvozabonlar murabbiyi bo'lib ishlab kelgan Denis Ivankov jamoani tark etdi.

Ro'ziqul Berdiev "Nasaf"ni o'z qo'liga olganidan buyon uzluksiz shtabda ishlagan Ivankov 6 yillik faoliyatidan so'ng o'zining qadrdon klubi bilan xayrlashdi.

O'zbekiston terma jamoasida ham darvozabonlar murabbiyi sifatida ishlayotgan tajribali mutaxassis "Mashal" va "Nasaf"dagi faoliyati orqali ko'pchilikka juda tanish.

Ivankov "Nasaf"dagi faoliyati davomida turli yoshdagi terma jamoalar va MTJ darajasidagi Eldorbek Suyunov, O'tkir Yusupov va Umidjon Ergashev kabi iqtidorli posbonlarni tarbiyalashga muvaffaq bo'ldi. SHuningdek, Ivankov "Nasaf"dan avval ishlagan "Mashal"dagi faoliyati davomida ham ajoyib posbonlarni chiqarishda jonbozlik ko'rsatgan. Ulardan biri Sanjar Quvvatov. O'tgan mavsumlar davomida ustoz va shogird Qarshida ham birga ishlashga muvaffaq bo'ldi. Ayni paytda Ivankovning barcha shogirdlari terma jamoalarga nomzod darvozabonlar hisoblanadi.

Murabbiyni ketishiga sabab esa terma jamoadagi faoliyat. Ivankov bor diqqat etiborini aynan mamlakatning bosh jamoasiga qaratishi bois klubdagi ishini to'xtatishga qaror qilgan. Ro'ziqul Berdiev esa terma jamoa manfaatini o'ylagan holda o'zining eng asosiy ko'makchilaridan birini qo'yib yuborishga qarshilik qilmadi. Ivankov "Nasaf" bilan do'stona tarzda xayrlashgan. "Nasaf"da esa Denis Ivankov uchun eshiklar doim ochiqligi va istalgan paytda "o'z uyi"ga qaytishi mumkinligi takidlangan.

Denis Ivankovning "Nasaf"dagi o'rnini sobiq darvozabon, bunga qadar klub akademiyasida darvozabonlar murabbiyi faoliyatini boshlagan Mixail Naumov egallashi kutilmoqda.

Reyting: +39   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика