So’nggi yangiliklar

21:15Февзи Давлетов: "Рустам Турдимуродов жамоада қоладими? Тўғриси, бу саволга жавоб бериш мен учун қийин"  0 21:00Асрор Алиқулов: "Оддий вазиятда хатога йўл қўйиб гол ўтказиб юбордик"  0 20:42Месси "Камп Ноу"га келиб, стадионга кириш учун шахсан рухсат сўради  7 20:02Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Шўртан"дан устун келди  16 19:50"Галатасарой" президенти Месси билан боғлиқ миш-мишлар ҳақида: "Биз бундай музокаралар олиб бориш мумкин бўлган даражага етдик"  4 19:21"Реал" Винисиус билан янги шартнома бўйича музокараларни тўхтатди  3 18:52Тимур Кападзе: "Мухлисларга доимий қўллаб-қувватлов, энергия ва жамоага бўлган ишончи учун катта раҳмат!"  14 18:35Puma Африка Миллатлар Кубоги тўпини тақдим этди  0 18:07"Барселона" бельгиялик вингерга кўз тикди  0 17:38"Барселона" "Атлетико" футболчисини Левандовскига ўринбосар деб билмоқда  4 17:12Ўзбекистон иқтидорларининг энг катта бозори — U-19 чемпионати плей-офф баҳслари эртадан старт олади  2 16:37U-17 Жаҳон чемпионати. Панамани олдин ҳам ютганмиз  4 16:14Ўзбекистон U-17 устози Исмоиловга водий жамоалари қизиқмоқда  17 15:53Мбаппе ва Винисиус ўртасидаги зиддият кучайиб бормоқда  7 15:32Ўзбекистон терма жамоасига бош ошпаз ва нутрициолог жалб этилди  7

Denis Bushuev: "Hozirgi vaqtda bizga har bir ochko o'ta muhim" Yangiliklar

Denis Bushuev: "Hozirgi vaqtda bizga har bir ochko o'ta muhim"

Coca Cola Superligasi 11-turidan o'rin olgan "Turon"- OKMK uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Denis Bushuev matbuot anjumanida qatnashdi.




- O'yin haqida

- Hozirgi vaqtda bizga har bir ochko o'ta muhim. Jamoamga bu kabi xarakter ko'rsatgani uchun rahmat aytaman. Erkakcha sabr uchun minnatdorman. Kiyinish xonasida ham futbolchilarga rahmat aytdim. Har doim ham o'yinni nazorat qilgan jamoa g'alaba qozonavermaydi. Yana qaytaraman, har bir ochko oltindek qadrga ega. 

- Raqib bir kishi kam bo'lsa ham siz durangni saqlab qolishga ko'rsatma berdingizmi?

- Yo'q, bunday topshiriq bo'lmadi. 

- Norbekovni nega bunchalik kech almashtirdingiz?

- O'zgarish vaqtida bo'ldi. Norbekov birinchi bo'limda katta hajmdagi ishni qildi. Ikkinchi taymda ham unga o'zini ko'rsatish uchun vaqt berdik. Men bu o'zgarishni kech demagan bo'lardim. Hammasi yaxshi. Bugun oddiy vaziyatlarda juda ko'p to'p yo'qotdik. Raqib qizil olganda o'yinni nazorat qilishni talab qildim, ammo hozirgi darajamizda bu darajadagi o'yinni qila olmayman.

- Keyingi o'yin "Andijon"ga qarshi o'yin. Bu o'yinda tarkibda o'zgarishlar bo'ladimi?

- Ko'ramiz, tiklanib olishimiz kerak. Ko'pgina o'yinchilar u yoki bu sabab bilan o'ynay olmasliklari mumkin. Ko'ramiz. Tarkibimiz u qadar keng emas.

- Har bir ochko oltinga teng bo'lyapti demoqdasiz. Keyingi o'yinda ikkita hujumchi bilan o'ynashga qanday qaraysiz?

- Hamma narsa bo'lishi mumkin. Bugun uchta hujumchi bilan o'ynadik. Bunda muammo ko'rmayaman. 

- Oxirgi o'yinlarda natija sal pasaygani sababli muxlislar soni ham kamaydi...

- Muxlislarga rahmat aytmoqchiman. Ularning noroziligini tushunaman. Qo'proq ishlasak, ularni xursand qila olishimizga ishonaman.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика