Del Peroning fikricha, Ronaldu “Yuventus”ga ECHL g'olibligini taqdim etadi
25 mar 2019 00:56
Yangiliklar


Del Peroning fikricha, Ronaldu “Yuventus”ga ECHL g'olibligini taqdim etadi
“Yuventus”ning sobiq hujumchisi Alessandro Del Pero turinliklarning ECHLdagi ishtiroki to'g'risida gapirdi.
“O'ylashimcha, “Yuventus" chempionlar ligasini qo'lga kiritadi. Jamoa mazkur musoboqaning so'nggi 4 mavsumida 2 bora finalga chiqdi. SHuningdek, Italiyada ular ketma-ket 7ta titulni qo'lga kiritishdi. Bu “Yuventus” o'zgacha tarix yaratmoqda. “Yuventus” joriy mavsum CHLda g'olib bo'lmasa omadsizlik bo'ladimi? Men bunday demagan bo'lardim. Turinlikni chempionlikka Ronaldu olib kelishi kerak. Rahbariyat u bilan 4 yillik shartnoma imzolagan. SHunday ekan hali ko'p vaqt bor. Biroq, eng yaxshisi bu chempionlar ligasi titulini ilk mavsumdayoq sohibiga aylanish.” – deydi Del Pero.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar