De Xea rahbariyatdan Pogba va Sanchesda bo'lgani kabi maosh berishlarini talab qilmoqda
26 avg 2018 08:43
Yangiliklar
De Xea rahbariyatdan Pogba va Sanchesda bo'lgani kabi maosh berishlarini talab qilmoqda
“Manchester Yunayted” darvozaboni David De Xea klub rahbariyatidan maoshini oshirishlarini so'rayapti.
Ispaniya terma jamoasi posboni “Manchester Yunayted” bilan yangi shartnoma imzolashga tayyor, lekin buning uchun uning maoshi oshirilishi shart. Hozirda David haftasiga 180 000 funt maosh olmoqda.
De Xea jamoadoshlari Pol Pogba va Aleksis Sanches singari haftasiga 300 000 funt sterling maosh olishni istayapti. David mavsumlar oralig'ida “Real”ga ko'chib o'tishi mumkin edi. Lekin yakunda “Qirollik klubi” “CHelsi” darvozaboni Tibo Kurtua bilan shartnoma imzoladi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Fikrlar