So’nggi yangiliklar

De Bryuyne "Arsenal"ga qarshi o'yingacha safga qaytishi kutilmoqda Yangiliklar

De Bryuyne "Arsenal"ga qarshi o'yingacha safga qaytishi kutilmoqda

"Man Siti"dagilar vaziyatga ishonch bilan qarashmoqda.

"Manchester Siti" klubi yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne "Arsenal"ga qarshi o'yingacha safga qaytishi mumkin. Malumot uchun, futbolchi son mushaklaridagi jarohat sabab Belgiya terma jamoasining mart oyidagi o'yinlarini o'tkazib yuborgandi. Bunga qadar Kevin "Man Siti"ning Angliya kubogi doirasidagi "Nyukasl"ga qarshi o'yinida ham maydonga tushirilmagandi.

ESPN nashri bergan malumotlarga ko'ra, klubdagilar futbolchining holati yashilanishiga ishonishmoqda. De Bryuynening payshanba kuni mashg'ulotlarga qaytishi kutilmoqda. Yakshanba kuni bo'lib o'tadigan "Arsenal"ga qarshi o'yinda Kevin maydonga tushish ehtimoli yo'q emas.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика