So’nggi yangiliklar

00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  1 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  2 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  2 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  2 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  3 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  1 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3

Davronbek Nurmatov: “Ob-havo maydon sifatiga salbiy tasir o'tkaza olmaydi” Yangiliklar

Davronbek Nurmatov: “Ob-havo maydon sifatiga salbiy tasir o'tkaza olmaydi”

Xabaringiz bor, O'zbekiston Kubogi final uchrashuvida toshkentlik “qaldirg'ochlar” hamshaharlari “temiryo'lchilar” bilan to'qnash keladilar.

Biz muhim bahsdan avval “Bunyodkor” stadioni direktor o'rinbosari Davronbek Nurmatov bilan uchrashdik va bazi savollarimizga javob oldik.

- O'yinga kirish bepul deb elon qilindi. Ammo, ko'pchilikni qiziqtirayotgan holat bu – final uchrashuviga kirish va tribunalarda joy egallash jarayoni qanday bo'ladi?
Darhaqiqat ushbu uchrashuvga kirish bepul. O'yinga bepul chiptalar chiqarilgan. CHiptalarni O'FF va “Bunyodkor” stadioni mamuriyati tarqatdi. Qo'lida chiptasi bor muxlis muammosiz stadionga kirishi va unda ko'rsatilgan joyga o'tirishi mumkin bo'ladi.

– Har ikki jamoa fan-klub azolarichi? Ular qaysi sektorlardan o'rin egallashadi?
“Bunyodkor” futbol klubi muxlislari 3 A sektorga joylashishsa, “temiryo'lchilar” fan-klubi azolari 3 F sektordan o'rin egallaydi.

– Ko'plab muxlislarga maydon holati qiziq? Mavsum ortda qoldi va stadion chimi yana bir muhim o'yinga qanchalik tayyor?
Maydon ajoyib holatda. CHim barcha xalqaro talablarga javob beradi. Mamlakat kubogi final uchrashuvidan avval qo'shimcha chora-tadbirlar ko'rildi. Maxsus dorilash, o'rish ishlari olib borildi.

– Noyabr oyi oxiri va dekabr oyining dastlabki kunlari yog'ingarchiliklarga boy bo'lmoqda. Bu maydon sifatiga tasir o'tkazmaydimi?
Ob-havo qanday bo'lmasin, bu maydon sifatiga salbiy tasir o'tkazmaydi. Drenaj tizimi mavjud, isitish tizimi ishlab turibdi. Bu borada xavotir olmasak ham bo'ladi.

– Stadionda muxlislarga qanday qulayliklar yaratiladi va qanday xizmatlar taklif qilinadi?
Bufet, bar va restoranlar muxlislarimiz uchun ishlab turadi. Xohlovchilar issiq kofe va boshqa ichimliklarni bemalol xarid qilishlari mumkin bo'ladi.

– Final “Bunyodkor” – “Lokomotiv” uchrashuvidan nimalar kutyapsiz?
– Final uchrashuvi hech qachon zerikarli o'tmaydi. Bu derbi! Albatta, bu safar ham kurashlarga boy, tomoshabop o'yin kutyapman. Umid qilamanki, uzoq vaqt esda qoladigan vaziyatlarga, gollar boy o'yin bo'ladi. Albatta, sevimli jamoamiz “Bunyodkor”ga omad tilayman.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика