So’nggi yangiliklar

12:34"Андижон" ОЧЛ 2да "Арқадағ", Қатар ва Баҳрайн клублари билан бир гуруҳдан жой олди  8 11:57"Пушкаш" мукофоти совриндори фаолиятини 33 ёшида якунлади  1 11:29"Сўғдиёна" меҳмондаги ғалабасиз сериясига барҳам берадими?  0 10:53Роберто Манчини Россия клубида иш бошлаши мумкин  2 10:24Жароҳати сабаб янги мавсум стартини ўтказиб юборадиган футболчилардан иборат рамзий жамоа  1 09:55Превью. Бугун "Сўғдиёна" Тошкентда "шерлар" меҳмони бўлади  4 09:26"Андижон" футболчилари ОЧЛ 2 қуръасидан олдин ўз фикрларини билдиришди  4 08:57"Манчестер Сити" футболчисини 70 миллион еврога сотмади  4 08:28Александер Исак "Ньюкасл"га бойкот эълон қилди  10 07:59Бугун "Насаф" ва "Андижон" халқаро майдондаги рақибларини билиб олишади  15 07:30Суперлига. Бугун 19-турга старт берилади  4 01:47"Челси" Гарначо учун 30 миллиондан кўп тўламоқчи эмас  3 01:11Эрик тен Хаг: "Фақатгина Гарри Поттер катта тезликда яхши жамоа ташкил қилиши мумкин"  9 00:11Санчога харидор топилди  0 23:52"Реал"нинг янги футболчиси: "Мен учун энг зўр футболчи - Месси"  25

Davron Fayziev : “Yigitlarimizning irodasi va muxlislarning ishonchi sabab g'alaba qozondik” Yangiliklar

Davron Fayziev : “Yigitlarimizning irodasi va muxlislarning ishonchi sabab g'alaba qozondik”

Jizzaxning “So'g'diyona ” jamoasi bugun o'z maydonida “Olmaliq” klubini qabul qildi va 3:2 hisobida g'alaba qozondi.

O'yindan so'ng “So'g'diyona” bosh  murabbiyi Davron Fayziev matbuot anjumanida qatnashdi.

"Avvalambor, barcha vatandoshlarimizni kirib kelayotgan “Navro'z” bayrami  bilan tabriklaymiz. Bizni jiddiy raqib kutayotganini bilar edik. Bu raqibga qarshi maksimal darajada tayyorgarlik qildik. Oxirgi daqiqalargacha muxlislar bizga ishongani uchun rahmat aytaman.

Bugungi o'yinda o'ylaymanki muxlislarimizni ishonchini oz bo'lsada ishonchini qozona oldik. Bu yilgi o'yinlar hamma jamoada ham qiziq tus olmoqda. Bugungi bahsda yigitlarimizda hayajon yaqqol sezilib turdi. Uchrashuv davomida yigitlarimiz birinchi marta o'z o'yida muxlislar qarshisida o'yingani bois ularni hayajon tark etmadi.

“Olmaliq” jamoasi ko'proq standart vaziyatlarda foydalanadi va Viktor Kumikovni ko'p yillar davomida taniganim bois uning har bir vaziyatdan maksimal foydalanishini bilardim. Futbol xatosiz bo'lmaydi. Bugun yigitlarning irodasi, mehnati, muxlislarning olqishi bu hammasi qo'shilib ajoyib g'alabaga olib keldi.

Oldimizda 26 mart kuni “Orol” jamoasi bilan O'zbekiston kubogida  o'z maydonimizdagi o'yinimiz bor. 30 mart kuni esa 4-turda “Nasaf” bilan mehmonda o'ynaymiz. Biz shu jamoalarga qarshi tayyorgarlikni boshlaymiz",  - deydi Fayziev.

"So'g'diyona" matbuot xizmati


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика