So’nggi yangiliklar

11:20Каннаваро мураббий сифатида Ўзбекистонга ютқазган ўйинни ёдга оламиз  6 11:06Зидан Жазоир термаси учун ўйнаши мумкин  0 10:38"Кристал Пэлас" ўз рекордини ўрнатди  0 10:08"Шўртан" янги мураббий бошқаради  6 09:49Тожикистон терма жамоасига янги бош мураббий тайинланди  6 09:39Мадрид клублари МЮ хавбеки учун курашади  0 09:09Флик ваъда берди  9 08:41Франция термасининг октябрь ойи йиғини учун қайдномаси эълон қилинди  0 08:14"Пахтакор"нинг асосий футболчиси учун мавсум якунланди  4 07:45Суперлига. Бугун 24-турга старт берилади  9 07:07Омар Момани Каннаваронинг Ўзбекистон МТЖ бош мураббийи бўлишига атаб карикатура чизди  37 06:26ФИФА Жаҳон Чемпионати учун расмий ўйин тўпи — "TRIONDA"ни тақдим этди  3 01:57Европа лигаси. "Астон Вилла"да ғалаба, "Ноттингем Форест"да мағлубият ва бошқа натижалар  2 01:25Погба Франция термасига қайтадими? Дешам жавоб берди  1 00:51"Лилль" дарвозабонидан супер қаҳрамонлик!  6

Davron Fayziev: "Lokomotiv" futbolchilari OCHLdagi o'yinlarda doim feyr-pleyga amal qilishardi" Yangiliklar

Davron Fayziev: "Lokomotiv" futbolchilari OCHLdagi o'yinlarda doim feyr-pleyga amal qilishardi"

"So'g'diyona" - "Lokomotiv" (1:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Davron Fayziev qatnashdi.

"Lokomotiv"dek jamoaga qarshi bahsda ustunlik qilganimiz biz uchun katta sharaf. To'xtab qolishimiz kerak emas. Qiyin o'yin bo'ldi, umuman oxirgi paytda bizda oson o'yin bo'lmayapti. Bahslarga boy qiziqarli o'yin bo'lib o'tdi. Bitta vaziyat muxlislarning g'azabiga sababchi bo'ldi. Mayli bu futbol. Bu xato avvalo bizning xato. Yigitlarim qo'rqmasdan o'z o'yinlarini ko'rsatishdi. Biz g'alabaga loyiq edik. Futbol shunday holatlar bilan qiziq. Ishlashda davom etamiz", - deydi Davron Fayziev.

"Lokomotiv" futbolchilari OCHLdagi o'yinlarda doim feyr pleyga amal qilishgandi. Bugun esa negadir bunday bo'lmadi. Bizning futbolchi erda yotgan vaqtda raqib gol urib ketdi. Balki o'sha futbolchi jiddiy jarohat olgan bo'lsachi? Biz hujumga o'tsak ham bo'lardi, ammo jabrlangan futbolchiga yordam berish uchun to'pni autga chiqarib yuborilgandi.

Temur Hakimov 3 kun oldin mashg'ulotda tizzasini qayirib olgandi. Namangandagi bahsda juda yaxshi o'ynagandi. Hakimovdan tayyormisan deb so'ragandim. U tayyorman deb javob bergandi. Hakimovning nostandart harakatlari uchun maydonga tushirdim. Ammo jarohati baribir sezilib turdi. Akmal Xolmurodov o'tgan o'yinda qizil kartochka olgani tufayli bugun tushmadi. Jiyamurodov qattiq istimaladi va bugun sal o'ziga keldi.

Ertaga "Al Nasr" "Lokomotiv" bilan o'yinda shunday harakat qilsa "Lokomotiv" muxlislari qanday holatga tushisharkin? Raqib safda yulduz futbolchilar juda ko'p edi. Bo'lar ish bo'ldi, men "Lokomotiv"ga Osiyo chempionlar ligasida omad tilayman. Guruhdan keyingi bosqichga chiqishiga tilakdoshman. Barcha klublarimiz pley-offga chiqishini istayman, - deydi Fayziev.

"So'g'diyona" matbuot xizmati

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика