So’nggi yangiliklar

19:02Нико Уильямс жароҳати сабаб Испания терма жамоаси ўйинларини ўтказиб юборади  0 18:39Ўзбекистон МТЖ Эронга қарши ўйин олдидан расмий машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  7 18:21"Футбол олами". Фарғонадаги "Аср финали" қандай ўтди?   4 18:13Аббос Файзуллаев: "Таркибимиздаги барча футболчилар ўз чемпионатларида яхши формага кириб олишди. Бу бизга анча қўл келади"  2 17:39ПСЖда можаро: футболчилар Луис Энрикенинг тактикасидан норози  1 17:12Сердар Азмун: "Ўзбекистон терма жамоаси сўнгги маротаба бизга жиддий муаммо туғдирганига 12 йил вақт бўлди"  34 16:58Икки турда максимал натижа: Эрон устидан тарихий ғалабага эришамиз(ми)?  7 16:36"Барселона" Войцех Шенснини Чемпионлар Лигаси учун рўйхатдан ўтказди  1 16:07"Коринтианс" молиявий муаммолар гирдобида: Депай Бразилияни тарк этиши мумкин  1 15:38"Бавария" Мусиала билан шартномани янгилаб қўймоқчи  0 15:07"Ливерпуль" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  2 14:40"Арсенал" "Лейпциг" ҳужумчисини сотиб олиш режасидан воз кечмаган  0 14:14Хавига МЮда ишлаш варианти таклиф этилмоқда  10 13:49"Байер" ярим ҳимоячиси "Бавария"га ўтмоқчи  1 13:21Амир Ғаленои: "Биз дастлабки икки учрашувда гол ўтказиб юбормаган ягона жамоамиз. Эрон – дунёдаги энг яхши мамлакат"  17

Davron Fayziev: "Andijon" bilan o'yinda 2 ochko yo'qotdik" Yangiliklar

Davron Fayziev: "Andijon" bilan o'yinda 2 ochko yo'qotdik"

Dinamo- Andijon (1:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Davron Fayziev uchrashuv borasida o'z fikrlarini bildirdi.

- Davron aka, turnir jadvalidagi holatdan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, bugun “Dinamo” peshqadamlardan biri bo'lgan “Andijon” bilan o'yinda 2 ochko yo'qotdimi yoki 1 ochkoni qo'lga kiritdimi?

- Bugun g'alabani qo'ldan chiqardik, yani 2 ochko yo'qotdik deb o'ylayman. Lekin, o'tgan uy o'yinlarimiz “Xorazm”, “SHo'rtan” bilan o'yinlardan ko'ra, jamoa o'yinida nisbatan o'zgarish bor. Bugun har ikki jamoa ham g'alaba qozonishi mumkin edi. Ammo, hisob 1:1 bo'lgach, raqib ko'proq himoya, biz esa hujumkorlikni oshirganimiz bois, ochko yo'qotdik degan bo'lardim. Sababi bugun faqat g'alabani ko'zlagandik. Jamoa oxirigacha kurashdi. Tinmay yoqqan yomg'irga qaramay, futbolchilarni oldinga boshlab turgan muxlislarimizga ham minnatdorchilik bildiraman. Bugun durang qayd etilgan bo'lsada, maydonda murosasiz, jangovar o'yin guvohiga aylandik.

- Jamoa o'yinidan qoniqdingizmi?


- To'liq qoniqdim, deya olmayman. Ayniqsa, tarkibimizdagi yosh futbolchilarning jamoa o'yiniga foydasi kam tegayapti. Ayniqsa, “Andijon” bilan taqqoslasak, ularning tarkibidagi ikkita yosh futbolchining ko'proq nafi tegmoqda. Bu borada biz hali ishlashimiz kerak. Qolaversa, jarohatlar ham bizni juda qiynamoqda.

- Bugun tarkibda markaziy himoyachilar yo'qligi jarohatlar bilan bog'liqmi?


- Afsuski, shunday. Tarkib borasida jiddiy muammolar bor. Viktor Grigorev, Bunyod Isroilov singari markaziy himoyachilar jarohati bois, bugun Akmal Bozorov, Komil SHarofutdinov singari yarimhimoyachilarni himoyada o'ynatdim. Qolaversa, Muydin Mamazulumov, Daler Almasjonov singari futbolchilarimiz ham jarohati bois, tarkibda yo'q. Ayniqsa, qo'l ostimda faqatgina 3 nafar 18 yoshgacha bo'lgan futbolchilar qolgani xavotirga solmoqda. Ularning ikkitasi doimo maydonda bo'lishi shartligini inobatga olsak, navbatdagi yo'qotish jiddiy muammoga aylanishi mumkin.

- Bugungi o'yinni 1-davradagi nisbatan eng yaxshi o'yin bo'ldi deya olasizmi?


- Nisbatan olsak, ha, jamoa o'yini o'zgarmoqda. Aytaylik, bugun “Andijon”ga nisbatan ko'proq golli vaziyatga ega bo'ldik, ammo foydalanish bobida oqsadik. Biz raqibga nisbatan ko'proq g'alaba qozonishni istadik, ammo omad bizga kulib boqmadi. 4 kundan keyin safarda bu jamoaga qarshi to'p suramiz. Tezroq tiklanib, o'yinga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. Etibor qilgan bo'lsangiz, jamoa 1 tadan ortiq gol ura olmayapti, yani vaziyatlardan foydalanishimiz yaxshi emas. Qachonki, ko'proq gol urishni boshlasak, natija ham, g'alaba ham keladi. Kurashishda davom etamiz.

Usmon Ibodov suhbatlashdi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика