So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Davron Fayziev: Jizzaxda futbol bo'ladi Yangiliklar

Davron Fayziev: Jizzaxda futbol bo'ladi

So'g'diyona - Nasaf uchrashuvidan so'ng tashkillashtirilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida So'g'diyona bosh murabbiyi Davron Fayziev ishtirok etdi.
-  Biz og'ir holatga tushib qoldik. Jamoa murabbiylar shtabi futbolchilarga to'liq ko'rsatmalar berib kelayapmiz. Ko'rsatayotgan o'yinimiz yomonmas deb o'ylayman. Biroq natija judayam qoniqarsiz. Bor yo'g'i 1 ochkoga egamiz.Lekin, bugungi hisob o'yinga mos emas, haqqoniy emas. Bunga barcha stadiondagi muxlislar guvoh bo'lishdi. G'oliblarni hech qachon muhokama qilishmaydi, mag'lubiyatga uchraganlar ko'proq muhokama qilinadi. Qoniqarsiz natija qayd etdik. Men barchasiga javob berishga tayyorman. Jamoaning ichki muammolari bor, lekin qo'ldan kelgancha bartaraf qilayapmiz.

-  Jamoa natija ko'rsata oladimi?

-  Albatta natija bo'ladi, men bunga ishonaman.Jamoa ancha ahil va bir-birimiz bilan munosabatlarimiz yaxshi. Ochig'ini aytish kerak, uydagi uchrashuvlarimizda maydonning sifati o'yinimizga jiddiy tasirini ko'rsatayapti. Mehmondagi o'yinlarimizni tomosha qilgan bo'lsalaringiz, umuman boshqacha futbol namoyish etganmiz. Men o'tgan safargi matbuot anjumanida biroz qizishib aytgan gaplarim o'z kuchida qoladi.Biroq ikkinchi tomoni, shogirdlarim meni ketishimni xohlashmayapti. SHu uchun o'sha fikrimdan biroz chekindim. Hozir jamoaga qanday murabbiy kelishidan qatiy nazar yordam berishga tayyorman, agar u jamoani hozirgi holatidan olib chiqib keta olsa. Busiz ham harakat qilayapmiz. Bir-ikki kishining qilgan harakati baribir ham kam.SHu uchun hammamiz birlashishimiz kerak. Muxlislar oldida natija borasida ancha uyatga qolayapmiz. Qayd etayotgan natijalarimiz,ko'rsatayotgan o'yinlarimizga mos emas. Men oldingi intervyularimda ham aytganman: “Jizzaxda futbol bo'ladi, Jizzax futbolining mavqei uchun borimni berishga tayyorman”.

-  Mehmonlar tomonidan kiritilgan ikkinchi golga munosabatingiz?

-  To'p sal kam 70 metr uzoqlikdan havodan kelayapti, himoyachimiz hatoga yo'l qo'yapti, hakam ham hatoga yo'l qo'yapti, o'yindan tashqari holat edi menimcha. Agar buni oxiriga etaman desangiz xatolar ko'p. Oddiy misol, hakamlarning ikki marta noto'g'ri hushtak chalishlari nafaqat futbolchilarga salbiy tasir o'tkazayapti, balki muxlislarni ham o'rinlaridan turishlariga majbur qilayapti.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика