So’nggi yangiliklar

19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  0 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  0 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  0 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  5 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  1 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  2 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  9 16:37"Манчестер Юнайтед" Каземиро ўрнига "Кристал Пэлас" аъзосини олиб келмоқчи  1 16:16ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф". Ўзаро ўйинлар тарихи  5 15:37"Бунёдкор" "Хоразм" устидан қийин ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:15Футзал. Эртага Ўзбекистон Тошкентда тўрт карра Осиё чемпионига қарши ўйнайди  0 15:09Машҳур мураббийнинг уйи қуролли босқинчилар томонидан талон-торож қилинди  0 14:40"Арал" ўз уйида "Олимпик"ни ишончли ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:20"Ливерпуль" собиқ футболчиси 4 марта пичоқланган. У бу ҳақда биринчи марта гапирди  0 14:09Кореядаги учрашув Танташевга ишониб топширилди  6

Davron Fayziev: "Ikki taymda ikki xil o'yin ko'rsatdik" Yangiliklar

Davron Fayziev: "Ikki taymda ikki xil o'yin ko'rsatdik"

Olmaliq - So'g'diyona uchrashuvidan keyingi murabbiylar fikrlari.

Igor SHkvirin, Olmaliq bosh murabbiyiJamoam bu yana iroda ko'rsatib g'alaba qozondi. Bevosita o'yinga to'xtaladigan bo'lsam, birinchi taymda o'tgan o'yindagi kabi maydon markazida ko'plab xatolar ko'zga tashlandi. Qanot yarim himoyasi ham deyarli ishlamadi. Ikkinchi taymda hujumkorlikni oshirdik. Natijada, o'yin tempi oshib, xatolar kamaydi va kerakli natijani qo'lga kiritdik. Jamoaviy o'yinni shakllantirib olishimiz uchun yana ishlashda davom etamiz. So'g'diyona jamoasi o'yini manga yoqdi. Davron Fayziev yaxshi jamoa shakllantiryapti. Jamoa shu kabi harakatdan to'xtamasa, o'z oldiga qo'ygan vazifani bajara oladi.


Davron Fayziev, So'g'diyona bosh murabbiyi: Bugun gollarga boy muxlislarga yoqadigan o'yin bo'ldi. Jamoamga keladigan bo'lsak, ikki taymda ikki xil o'yin ko'rsatdik. Eski kasallik mehmonda o'z kuchi va mahoratiga biroz ishonchsizlik bu o'yinda ham o'z tasirini o'tkazdi. To'g'rirog'i futbolchilarda tajriba etishmayapti. Zaxiradan maydonga tushganlar o'yinni kuchaytira olishmadi. 19 mart kuni G'allakor jamoasi bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazgandik. O'sha o'yinda asosiy tarkibdan 4 nafar futbolchimiz jarohat oldi. 29 mart kuni o'z maydonimizda Dinamoga qarshi jiddiy o'yin kutyapti. SHu bois, bugun ularni maydonga tushirib tavakkal qilishni istamadim. Jarohatlarini yangilab olishlari mumkin edi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика