So’nggi yangiliklar

09:10"Реал" ва ПСЖ собиқ ҳужумчиси Малайзия клубига ўтди  0 08:36Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувда ҳимоячилар орасида энг катта баҳога лойиқ кўрилди  0 08:00Энг зўрлари аниқланган, Бразилия олтинчи марта кубогни кўтарган ЖЧ тақдирлаш маросимидан ГАЛEРEЯ  0 07:29ЖЧ-2026 саралаш. Эрон терма жамоасининг Тошкентга келадиган таркиби маълум  12 02:03Ла Лига. "Атлетико" "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда 84-дақиқада гол ўтказиб, ғалабани қўлдан бой берди  2 02:00А Серия. "Фиорентина" 3та пенальти голга айланмаган ўйинда "Милан"ни мағлуб этди, ҳакам 2та қизил карточка кўрсатди, Де Хеа эса учрашув қаҳрамонига айланди!  7 01:55Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Ницца"ни ютолмади  0 00:34Ўзбекистон кубогининг янги эгаларига аталган карикатура  2 23:24Хендерсон АПЛга қайтиши мумкин  0 23:09РПЛ. ЦСКА Москва дербисида "Динамо"ни мағлуб этди, Файзуллаевдан навбатдаги гол  6 23:06А Серия. "Рома" "Монца" билан дуранг ўйнади, Шомуродов 86-дақиқада захирадан туширилди  14 22:57БАА чемпионати. "Ал Ваҳда" меҳмонда "Ал Айн"ни мағлуб этди, Эркинов захирада қолдирилди  2 22:50Футзал бўйича ЖЧ. Украинлар Тошкентдаги "жанг"да ғалаба қозонишди, Бразилия чемпион!  1 22:34Бундеслига. "Бавария" 6та тўп киритилган ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  7 22:26АПЛ. "Брайтон" "Тоттенхэм"га қарши ўйинда 0:2ни 3:2га ўзгартирган ҳолда камбэк қайд этди  3

Dani Alves: "Neymar Messining “soya”sidan chiqishi kerak edi" Yangiliklar

Dani Alves: "Neymar Messining “soya”sidan chiqishi kerak edi"

PSJ klubi himoyachisi Dani Alves FIFA rasmiy saytiga intervyu berdi.

•    Dani Alves FIFA.com saytiga eksklyuziv intervyu berdi
•    Himoyachining qanday rejalari bor?
•    Braziliyalik futbolchi PSJ, Neymar, Messi va JCH-2018 haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi

Alves bir necha taniqli klublar o'yinida qatnashib, o'nlab sovrinlar yutishga muvaffaq bo'lgan. Dani deyarli 10 yil davomida Braziliya termasining sardori bo'lib kelgan. U nafaqat maydonda, balki hayotda ham juda muloyim yigit.

Braziliyalik anchagina muvaffaqiyatlarga erishgan bo'lsa-da, bu yil uning faoliyatidagi muhim davr bo'lishi mumkin. Uning hozirgi klubi “Pari Sen-Jermen”  UEFA CHempionlar Ligasida birinchi o'rinni egallash uchun hali ham kurash olib bormoqda. Parijliklarni finalning 1/8 qismida “Qirollik klubi” bilan bo'lib o'tadigan mushkul sinov kutib turibdi.

Yozda Dani milliy terma libosini kiyadi va jamoa, nasib etsa, oltinchi bor Jahon Kubogini qo'lga kiritishida yordam beradi. Yodingizda bo'lsa kerak, “selesao” oxirgi marta JCHda 2002 yil zafar quchgan edi. Biz shu holat va himoyachining yangi va eski jamoadoshi Neymar haqida suhbatlashdik.


— Dani, siz “Sevilya”, “Barselona” va “Yuventus” tarkibida ko'p marotaba g'alaba qozongansiz. Yuqoridagi klublarga nisbatan kamroq mukofotlarga erishgan PSJ klubiga o'tishingizga nima turtki bo'ldi?  
— Sovrinlari kamligi aynan shunday qaror qabul qilishimga sabab bo'ldi. Klub tarixida yangi sahifa ochish mumkinligi meni ruhlantiradi. PSJ klubiga ko'chib o'tishimning asosiy sababi ham shu. Bu menga ajoyib shaharda yashash va katta niyatlar bilan jamoa tarkibida maydonga tushish imkonini beradi. Bazilar Dani pul uchun shunday yo'l tutdi deydi. Ammo unday emas, chunki shunga o'xshash boshqa takliflar ham bo'lgan. Men yaxshigina tajribaga egaman deb o'ylayman: “Barselona”ga o'tganimda, kataloniyaliklar endi “oyoqqa turayotgandi”. Klubdan ketganimda esa ular tarixdagi eng yaxshi jamoa bo'lgandi. Men o'sha paytdagi quvonchli hissiyotlarni yana tuyushni xohlayman. Bu erda ham g'alabaga erishib, klub tarixida yangi sahifani ochishni istayman.

— Bu niyatlar paydo bo'lishida Neymar «PSJ»da Neymar borligi muhim rol o'ynamoqda. Uning Parijga ko'chib o'tishida sizning qanchalik tasiringiz bo'lgan?
— Men bu ishda butkul ishtirok etmaganman. Lekin u «Barselona»ga o'tishida mening ham biroz mehnatim singgan. Unga o'z maslahatimni berdim, shahardagi, klubdagi hayotimning yaxshi tomonlarini aytib bergandim. Bu safar unday ishlar bo'lmadi. SHunchaki men bu erga ertaroq keldim (kuladi). Ha, u men bilan aloqaga chiqqandi. Ikkilanaverib, qiynalib ketgan Neymar mendan maslahat so'ragandi, men: «Yuragingga quloq sol, shunda afsuslanmaysan», dedim. Bu mening yagona maslahatim edi.

— Nima deb o'ylaysiz, Neymar sayyoramizining eng yaxshi futbolchisi nomini olishga tayyormi?
— Mening fikrimcha, Messi bilan bir qatorda Neymar ham bugungi kunda dunyoning eng kuchli futbolchisidir. Ammo u Leoning soyasidan chiqishi zarur edi. Leodek aqlbovar qilmas futbolchi bilan elkama-elka to'p tepish ajoyib, ammo doimo ichingizda savol bo'ladi, men chindan kuchaydimmi yoki buning barchasi Messi borligi uchunginami?
SHahsan men Leo bilan birga o'yinlarda chinakamiga zavq olardim. Ammo Messi – argentinalik, Neymar va men – braziliyalikmiz! Biz dunyoning turli nuqtalarida bo'lsak ham, yo'llarimiz tutishi taqdirimizda bo'lgan (kuladi). Menimcha, sen Leo yonida unga yordamchidek o'ynab emas, jamoani o'z ortingdan etaklasang, ko'prog'iga erishasan. Neymar o'z yo'lida davom etgani va bugungi kunda PSJ va Braziliya termasi etakchisi rolini qo'lga olgani tabiiy hol.


— Siz ham, Neymar ham, birgalikda «PSJ» safida CHempionlar Ligasi kubogini qo'lga kiritish niyatida ekanligingizni aytdingiz. Bu qanchalik haqiqatga yaqin?
— Bu har ikkimizning orzuimiz va maqsadimizdir. Neymar «Barsa»ni tark etayotganda, men esa – «Yuve» bilan xayrlashganda shu haqida o'ylagandik. Aynan shu orzu bizni olg'a initilishga majbur qiladi, har kuni o'z ustimizda ishlashga turtki bo'lib xizmat qiladi. Faqatgina kuchlilar quyoshga tik boqa oladilar. Zaif va qo'rqoqlar esa jimgina soyadagi hayotni afzal ko'radilar. Bizga bu yod xislat! Biz barchasini Braziliyada "0"dan boshlaganmiz va bugun shu ergacha etib keldik. CHempionlar Ligasini faqatgina jarangli ismlar bilan yutib bo'lmaydi. Eng kuchlilar bir erga jam bo'lsa ham, hech qanday natijaga erisha olmasliklari mumkin, agarda ular bir jamoa bo'lmasalar. Biz bunga tayyormiz va natija biz bir butun jamoa sifatida nimaga qodirligimizga bog'liq.

— Yozda Jahon CHempionati bo'lib o'tadi. Braziliya guruhda kuchli raqiblarga duch kelmadi, bu holatni sovrin tomon tashlangan dastlabki qadam desak bo'ladimi?
— To'g'risini aytsam, menga raqib kimligining farqi yo'q. Bunday musobaqalarda istalgan raqibni enga olishimiz zarur. Tasavvur qilib ko'ring, bizga Ispaniya to'qnash kelib qolganda, nima qilishimiz kerak bo'lardi? Qochib ketishimiz kerakmidi? Hech kim faqatgina kuchsiz raqiblarni engib chempion bo'lmagan. SHunday ekan ertami-kechmi grandlarga qarshi maydonga tushishimizga to'g'ri keladi… Hamda ularni er tishlatishimiz kerak, chunki biz chindan ham chempion bo'lmoqchimiz.

Nozima Zaripova tarjima qildi

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика