So’nggi yangiliklar

16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  0 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  0 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  3 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4 13:38"Манчестер Юнайтед" янги ярим ҳимоячи топди  0 12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  6 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  1 12:03Роҳатижон  8 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1 11:20Breaking! Сон "Тоттенхэм"ни тарк этишини эълон қилди: "Ҳаётимдаги энг қийин қарорлардан бири". Ҳужумчи АҚШга йўл олиши мумкин  2 10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  1

Dani Alves - mavsum "masxarabozi" Yangiliklar

Dani Alves - mavsum "masxarabozi"

Teglar :  Dani AlvesPSJ
Braziliyalik futbolchi hozirdanoq 3 marta muxlislarni xafa qildi.

O'tgan bahorda Dani Alves yaxshi o'ynadi: qanot himoyachisi ECHL chorak finalida "Monako"ga qarshi o'yinda pleymeyker vazifasini bajardi. Bir necha sovrinlarga ega chiqib, Italiya futbolidan ketdi. Agarda "Yuventus" bilan CHempionlar ligasini yutganida, "Barselona" "quvg'ini" mavsumning eng yaxshilaridan biri bo'lardi.

Uning PSJga o'tishi ham shov-shuvli bo'ldi: OAV xabariga ko'ra, u Neymarning Parij jamoasiga transferida katta o'rin tutgan. Alves Franciya superkubogida dahshatli o'ynadi, gol+pas qayd etdi. U uch gap bilan Franciya matbuotida katta shov-shuv ko'tardi: "Biz ECHLda g'olib bo'lmoqchimiz. Menga yutish va tarixni qayta yozish juda yoqadi. Har doim yangi qirralarni ochishni istayman".

Albatta, bu faqatgina so'zlar. PSJ o'z imkoniyati doirasida oldinga qarab bordi, braziliyalik futbolchi esa o'zining yomon taraflarini ko'rsata boshladi. 2015/16 yilgi mavsumda "Barselona" Alves va Neymardan ahmoqona tajovuzkorlik uchun uzr so'radi: "Xetafe"ga qarshi o'yindan keyin jamoadagilar Xellouin niqobini taqishdi va g'alabani nishonlash uchun tribuna ostiga borishdi. Ushbu mavsumda Daniga yaxshi ko'rsatkichlarni qayd etish etishmayapti, u masxarabozga o'xshab qoldi va barcha frontlarda sharmanda bo'ldi.

Dani har doim matbuot orqali muxlislarni provokaciya qilishni yaxshi ko'radi. Bu mavsumda ham u g'ayrioddiy kuch bilan keskin gaplarni gapirdi. PSJga o'tayotganida u "Manchester Siti" va Pep Gvardiolaning ustidan kulgandi: "Gvardiola va "Siti"dan uzr so'rayman, men PSJni tanladim va yana chempion bo'lmoqchiman". Keyin u burnini keraksiz joyga tiqdi, “Barselona” prezidenti Xosep Bartomeu shaniga nomaqbul gaplar aytdi. Yaqinda esa marhum Davide Astori haqida ahmoqona fikr bildirdi. U shunchaki hamdardlik bildirsa ham bo'lardi.

Bunday gaplardan keyin unda tanlov qolmaydi: yo u PSJda supermavsumni o'tkazadi yoki o'zining gaplarini o'ziga qarata ishlatishadi. Barchasi yomon tarafga qarab ketdi: ayni damda "Siti" Angliya futbolida dahshatli o'yin namoyish etmoqda. "Barselona" esa "Real"ni LaLigada ancha ortda qoldirmoqda. PSJ esa CHempionlar ligasidan chiqib ketgan va Franciya chempionatida o'zi uchun oddiy bo'lib qolgan chempionlik uchun kurashadi. Alvesning tili tiyilgan va matbuotda keskin fikrlarni bildirmayapti.

Undan tashqari, futbolchi o'zi va jamoasiga zarar keltirdi. Murabbiy futbolchilarining harakatlarini boshqara olmayotgan, jamoaning bor etibori Neymarda bo'lib turgan bir vaqtda Alves barcha jirkanchli natijalarni yangilab bo'ldi. Uning o'zi jamoadagi futbol atmosferasini xuddi Amerikaning kollej haqida olingan kinosi kabi qahramonlari yomon xarakterli, har doim etakchilar tahqirlanadigandek qilib qo'ydi: avvaliga u Edinson Kavanidan jarima zarbasini olib qo'ydi, penalti borasidagi mojarodan keyin Neymarni qo'llab-quvvatladi. Agarda jamoa borasidagi faktlarni bir joyga yig'sak, shunday kartinani yaratamiz: Neymarning do'stlari alohida jamoa, qolganlar esa alohida jamoaga bo'linib olgandek ko'rinadi. Alves - ikki tomonga ham yonbosadigan bosh ikkiyuzlamachi. U asosan ikki tomonga nifoq solishga o'rganib qolgan, deb xulosa qilsak bo'ladi bundan.

Alves yaxshi raqiblar bilan uchrashuvlarda chiroyli o'yin ko'rsatdi, biroq "Lion" va "Real"ga qarshi ikki bahs bundan mustasno. Braziliyalik futbolchi o'sha 3 uchrashuvda juda yomon o'ynadi: birinchisida hakamga qarsak chalgani uchun qizil kartochka oldi, ikkinchi va uchinchisida esa dahshatli xatolarga yo'l qo'ydi: o'z yarim maydonida to'pni yo'qotdi, driblingga uchdi, hujumga to'g'anoq bo'la olmadi, golga sababchi bo'ldi va intrigani o'ldirdi.

Alves har doim munozarali kayfiyatda yuradi: "Yuve"dan Bonuchchi bilan bahslashib qolgani uchun, "Barselona"da esa Luis Enrike bilan kelishmovchilikda Messini yonini olgani uchun ketgan. Franciyada unga ko'rsatma berishmadi, shunchaki har doim o'zi xohlagandek o'ynashiga yo'l qo'yishdi.

Dani Alves - betartiblik namunasi, Unai Emerining xaraktersiz PSJsidagi superyulduzlar jamoasida o'zini superyulduz kabi tutmayapti. Kutamiz, balki u xarakterini o'zgartirar...

Mirjalol Normatov tarjima qildi

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика